146
Nima?-kapalak,qanday kapalak?-chiroyli kapalak, nima qildi? Qo‘ndi, nimaga?-
gulga, nimaga qo‘ndi?-gulga qo‘ndi.
So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar mavzusida o‘quvchilar chi, dosh, li,
siz, zor, kor so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar orqali har-xil so‘zlar,
so‘zlardan gaplar tuza olishlari lozim. Masalan: gul so‘zidan har-xil so‘zlar tuzish
mumkin.
Gul-gulchi, gulli, gulsiz, gulzor. Gulchi gulzordan chiroyli guldasta yasadi.
Paxta-paxtazor, paxtakor, paxtali, paxtasiz. Paxtazorda paxtakorlar paxta
terishmoqda.
O‘qish fanidan esa murakkab mavzularni qismlarga bo‘lib o‘qib o‘rganishadi.
Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazilib mavzu mustahkamlanadi.
Mavzularni o‘quvchilarni ongiga yetkazib bera olish, ularni shu mavzu
bo‘yicha malakasini shakllantirish bu o‘qituvchining bilimiga hamda pedagogik
mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi kuchli bilimga ega bo‘lsagina u har qanday mavzuni
yoritib tushuntirib bera oladi. Hozirgi zamonaviy o‘qituvchi murakkab mavzularni
tushuntirib, yoritib bera oladigan kengaytirilgan dars ishlanmalarini yaratib shu
asosida darslarni o‘tishi kerak. Yosh endi o‘qituvchilik kasbiga qadam qo‘ygan
o‘qituvchilarimiz uchun murakkab deb topilgan mavzular bo‘yicha kengaytirilgan
dars
ishlanmalari
va
tavsiyalar
yaratish kerak bo‘ladi. Chunki yosh
o‘qituvchilarimizga bu uslubiy qo‘llanma sifatida qo‘l keladi.
Oqituvchilarimizni ko‘proq o‘z ustida ishlashlari va zamonaviy ta’lim asosida
dars berishlari uchun Prezidentimiz o‘qituvchilarni rag‘batlantirish usullarini
ko‘paytirmoqda va ordenlar bilan taqdirlamoqdalar