149
Jamoa barcha tarbiyaviy kuchlarning maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri va
birlashishi natijasida bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi o‘zini-o‘zi
tarbiyalashi va
o‘qishga qiziqishi oshadi.
O‘quvchilarni o‘zlashtirmaslik sabablari haqidagi psixologik pedagogik
konsimum
xulosasi
bilan
tanishtirib
borish
maqsadga
muvofiq,
uy
vazifalarini
bajarishning oqilona yo‘llarini
ko‘rsatish,
uy vazifalarini
bajarishga ketadigan vaqtni domo tahlil qilish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv ishlarini tashkil etish elementlarini egallash
bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil e’tilishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning
o‘z kun tartibini oqilona tashkil e’tishga o‘rgatish, uyda va maktabda mustaqil o‘quv
ishlarini
asosiy bosqichlarini ajratish, kitob bilan to‘g‘ri ishlash, o‘quv va mehnat
topshiriqlarini bajarishda domiy o‘z o‘zini
tekshirishni, amalga oshirishga qaratish
lozim. Diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarini rivojlantirish yo‘llari bilan
o‘quvchilarni tushuntirish muhim.
Tarbiyaviy ishlar vositasida o‘zlashtirilmaslikning oldini olish sinf jamoasi
hayotini shunday tashkil etish bilan bog‘liqki, bunda har bir o‘quvchi, ayniqsa, bo‘sh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchio‘rtoqlari bilan doimiy aloqani his qiladi.
Ular bilan
muloqotga ehtiyoj sezadi. Bu esa sinfdan tashqari ishlarning har xil shakllarini tashkil
etish va har xil o‘quvchini maktabdagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimiga jalb
etishni anglatadi.
Bunday ishlarni tashkil etishda o‘g‘il va qiz bolalarning qiziqishlari hisobga
olinishi, o‘quvchilarda mustaqillikni rivojlantirishga olib keladi.
Bu ishda
o‘quvchilarga ota onalari yordam berishi mumkin. O‘quv yili boshida bo‘sh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ota – onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish uchun barcha
chora
tadbirlarini ishlab chiqish , ularning uylariga borish,
farzandlari
o‘zlashtirmasliklarini oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ishlarini ishlab chiqish