156
mustaqil ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan bir qatorda boshqa fanlardan
olgan bilimlari bilan to‘ldirish va bog‘liqlikni ta’minlaydi
O‘quvchi qanday masala yechishidan qat’iy nazar, albatta, fikrlaydi. Odamning
aktiv faoliyati, uning mehnati hamma vaqt masalalarni yechish kaliti bo‘ladi. Bola
aqliy kuchlarini ishlatib, predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga
intilib, muayyan ish qiladi. Tevarak olamda minglab masalalar bor. Ularni xalq
o‘ylab topgan, ular topishmoq- hikoyalar tarzida xalq ijodida yashab keladi. Masalan:
Uch masxaraboz: Bim, Bom va Bam qizil, yashil va ko‘k ko‘ylaklarda sahnaga
chiqishdi. Ularning poyafzallari ham o‘sha uch rangda edi. Bimning ko‘ylagi va
tuflisining rangi xato aytildi. Bomning tuflisi ham, ko‘ylagi ham qizil rangda emas
edi. Bam yashil rangli tuflida, ko‘ylagi esa boshqa rangda edi. Masxarabozlar qanday
kiyinishgan edi?