• TA’LIMDA DIDAKTIK VA ROLLI O‘YIN TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar. 
    1.
    G. 
    G‘afforova T, “Boshlang‘ich 
    ta’limda zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalar” “Tafakkur” nashriyoti Toshkent -2019-yil 
    2.
    Ro‘ziboeva O‘. va boshq. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish. –T.: 
    «O‘zbekiston», 2001. 
    3.
    Safarova R. va boshq. Savod o‘rgatish darslari. . –T.: «Tafakkur», 2021. 


    175 
    TA’LIMDA DIDAKTIK VA ROLLI O‘YIN 
    TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH 
    Yuldashova Dilnoza Xudayaravna 
    Nurobod tumani 9- maktab oʻqituvchisi 
     
    Annotatsiya
    . Ushbu maqolada ta’limda didaktik va rolli o‘yin 
    texnologiyalarini qo‘llashning shaki va usullari haqida ma’lumotlar berilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    ta’lim, tarbiya, bilim, maktab, oila, mahalla, texnologiya, usul, 
    vosita, intellektual. 
    Ta’lim-tarbiya oiladan boshlanadi. Shunday ekan, har bir ota-ona o‘z farzandi 
    kelajagi uchun befarq bo‘lmasligi, maktab-oila-mahalla hamkorligida faoliyat 
    ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Chunki, davlatning rivojlanishiga nafaqat o‘qituvchi, 
    balki har bir ota-ona, har bir fuqaro ma'sul. 
    O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, 
    bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilarda intellektual salohiyatni oshirish, ta’lim 
    tizimi bilan ilm-fan sohasini integratsiyalash darkor. 
    Ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul va 
    vositalarni tanlashga to‘g‘ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun 
    dars jarayonini oldindan ketma- ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi 
    fanning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonini va sharoitini, o‘quvchilarning 
    ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim saviyasini, sharoitga qarab ishlatiladigan 
    texnologiyalarni tanlashi lozim. 
    Ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ilmiy 
    axborot xajmining keskin oshib ketishi bilan an'anaviy ta’lim kam samarali bo‘lib 
    qoldi. Ana shuning uchun kelish davri interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik va 
    axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga kiritishga qiziqish tobora kuchayib 
    bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarni egallayotgan bilimlarni o‘zlari 
    qidirib topishga, mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va olingan bilimlardan o‘zlari 


    176 
    xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Bundan hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari 
    quyidagilardan iborat: 
    -
    o‘quvchining bilim olish ishtiyoqini muntazam oshirib borish; 
    -
    o‘quvchining har qanday muammoga ijodiy yondoshuviga o‘rgatish; 
    -
    pedagog va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash; 
    -
    o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmasdan, ijodiy fikrlashi va 
    izlanlanuvchan imkon yaratish. 
    Bu jarayonda kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi bilan o‘quvchining 
    hamkorligida faoliyati, o‘quvchining ijodiy ishlash mustaqil fikrlashi, izlanishi, taxlil 
    qilishi va xulosalay olishi, o‘quvchining o‘ziga va guruhga, guruhning o‘quvchiga 
    baho berishiga imkon yaratilishi bilan bog‘liq. Har bir darsga o‘quvchilar qiziqishi 
    mavzu mazmuni va maqsadidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos texnologiya 
    qo‘llaniladi. O‘quv jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligini qo‘yidagi 
    sxema orqali ifodalash mumkin: 
    Darsning texnologik xaritasi oldindan loyixalashtirilgan bo‘ladi. Darsning turli 
    bosqichlarida har xil interfaol usullardan foydalansa bo‘ladi. Masalan: 
    “Didaktik 
    o‘yinli texnologiyalar” 
    Didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarning bilim olish 
    faoliyatini o‘yinfaoliyati bilan qo‘shib olish borishdan iborat. Didaktik o‘yinlar 
    musobaqa, raqobat, o‘zaro yordam, hamkorlik tarzida olib boriladi. Buning uchun 
    o‘qituvchi didaktik o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad, uni amalga oshirish yo‘llari, 
    o‘yin mazmuni va ishtirokchilari faoliyatini aniqlab oladi. Didaktik o‘yin darslari 
    ta’lim va tarbiya berish, o‘quvchilar faoliyatini yo‘naltirish, kasbga yo‘naltirish, 
    o‘quvchilarningmuloqat va nutq madaniyatini rivojlantirish, ular bilimlarini 
    chuqurlashtirish vashaxsini rivojlantirish vazifasini bajaradi. Didaktik o‘yinli 
    darslarni mazmunigako‘ra sahnalashtirilgan rolli o‘yinlar, ijodiy ishbilarmonlik 
    o‘yinlari, konferensiyava o‘yin mashqli darslarga ajratish mumkin. 
    “Sahnalashtirilgan o‘yinlar” 
    Muammoli vaziyatning bir turi bo‘lib, hayotiy 
    vaziyatlarni o‘quvchilartomonidan sahnalashtirilishdan iborat. Ularda didaktik 


    177 
    maqsad o‘quvchilar oldigavazifa tariqasida qo‘yiladi; o‘quvchilarning o‘quv faoliyati 
    o‘yin qoidasigabo‘ysundiriladi. 
    “Ishbilarmonlik o‘yinlari” 
    Ishbilarmonlik o‘yinlarida ishtirokchilariga o‘yin 
    mavzusi taklif etiladi. Mavzu bo‘yicha ular oldiga taklif etilgan muammoni yechish 
    ular oldiga taklifetilgan muammoni yechish qo‘yiladi. Har bir ishtirokchi o‘z roliga 
    muvofiqkeladigan chiqish tayyorlaydi va bu haqda barcha ishtirokchilar 
    bilanmaslahatlashadi. 
    Guruhning 
    barcha 
    a’zolarini 
    faoliyati 
    umumiy 
    maqsadgaerishishga qaratiladi. Baholash o‘quvchilarning tashkiliy faoliyati va 
    ularningumumiy maqsadga erishishdagi rolli o‘yinlarining mazmuni bilan 
    belgilanadi. Ishbilarmonlik o‘yinlaridan botanika darslarida madaniy va dorivor 
    o‘simliklarnio‘rganishda, zoologiya darslarida uy hayvonlari zotlarini o‘rganishda 
    foydalanishmumkin. Ishbilarmonlik o‘yinlari uchun chorva mollari parrandachilik, 
    baliqchilik, madaniy o‘simliklar, dorivor o‘simliklar mavzulari bo‘yicha auksion 
    darslariuyushtirish mumkin. Rolli o‘yinlar ham guruhda bajariladi. Unda har 
    birishtirokchi o‘z individual maqsadni boshqa guruh a’zolari bilan kelishib olmaydi. 
    Har bir ishtirokchi o‘zini namoyon etish va g‘alaba qozonish uchun xarakat 
    qiladi. Baholashda har bir ishtirokchining harakati va umumiy maqsad yo‘lidagi 
    xarakatihisobga olinadi. Rolli o‘yinlarda bir-birini inkor etuvchi vaziyatlar paydo 
    bo‘ladi. Har bir ishtirokchi bu vaziyatdan chiqish uchun mantiqan to‘g‘ri yo‘lni 
    tanlaydi. Ishlab chiqilgan rolli o‘yinlar mumkin qadar o‘quv materiali bilan 
    bog‘langan vahayotiy, ishtirokchilar 49oshi va tayyorgarlik darajasiga mos kelishi 
    lozim. 
    “Ilmiy konferensiya darslari» texnologiyasi” 
    Ilmiy konferensiya darslari 
    o‘qish faoliyatini ilmiy izlanish, ma’ruza va bahsshaklida tashkil etishdan iborat. 
    Bunday darslarda yaxshi o‘qiydigan va qiziquvchio‘quvchilar biolog olimlar 
    vazifasida konferensiyada chiqish uchun ma’ruza vako‘rgazmali vositalar 
    tayyorlashadi. Qolgan o‘quvchilar konferensiya ishtirokchilari sifatida o‘zlarini 
    qiziqtiradigan muammolar yuzasidan savollar tayyorlanadi. Ilmiy konferensiya 
    darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarni qo‘shimcha adabiyotlar, ilmiy-ommobop 


    178 
    materiallar bilan ishlash, ma’ruza tuzish, o‘z fikrini bayon etish ko‘nikma va 
    malakalarini nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirishdan iborat. O‘qituvchi ilmiy 
    konferensiya darsi mavzusini oldindan belgilab beradi. Uni alohida kichik 
    mavzularga ajratadi. Kichik mavzular uchun qo‘shimcha adabiyot tanlaydi. 
    Konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar beradi. 
    Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan 
    darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, 
    jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni 
    o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga 
    xizmat qiladi. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish