• O‘QISH SAVODXOLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR TAHLILIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    Qurbonov A., O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish.T.: 
    “Iqtisod moliya”, 2009. 
    2.
    Jumayev M.E., Tojiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
    metodikasi. – T., 2002. 
    3.
    Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni о‘qitish metodikasi. T., 2005 yil. 
    O‘QISH SAVODXOLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR TAHLILIDA 
    INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING 
    AFZALLIKLARI 
     
    Shodiyeva Jamila Xolboyevna 
    SVPYMO‘MM o‘qituvchisi 
    Annotatsiya. 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflar ona tili va o‘qish 
    savodxoligi darslarida innovatsion texnologiyalar o‘quvchi ichki imkoniyatlarini 
    ro‘yobga chiqarish, ijodkorlik, muloqot, ta’lim –tarbiya jarayonida ularning turli 
    yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshirish, o‘zaro hamkorlikda ishlash, o‘z 
    fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari 
    yoritilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    innovatsion texnologiya, o‘qituvchi, o‘quvchi, dars, o‘zaro 
    hamkorlik, mustaqil fikr, pedagogik texnologiya. 
    Mamlakatimiz taraqqiyoti bugun maktablarda ta’lim –tarbiya olayotgan 
    farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib 
    yetishishlariga bog‘liq. Bu ma’suliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, 
    ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z mahoratlarini doimiy tarzda oshirib 
    borishlari, ilg‘or fedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘g‘ri 
    anglashlari va uni o‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqazo etadi. Bugungi 
    ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta`lim 
    samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunnnig 
    muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini 


    183 
    o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan, erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda 
    muhimdir. 
    Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, 
    pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, 
    e’tibor kuchaygan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin 
    olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi 
    ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab 
    etmoqda. Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim 
    tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. 
    O‘quvchilarning ongi, fikrlashi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin 
    ishtirokchiga aylantirish juda muhimdir. O‘qituvchi dars jarayonida boshqaruvchi, 
    o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i zarur. Mana shunday vazifani bajarishda 
    innovatsion faoliyat samara beradi. 
    Innovatsion texnologiyalardan ona tili va o‘qish savodxoligi jarayonida 
    qo‘llashning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi 
    faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar 
    faoliyatini o‘z ichiga oladi. Innovatsion texnologiyalardan ona tili va o‘qish 
    savodxoligilarida foydalanish ta`lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy 
    tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi, matn, lavha, bezak, nutq, 
    musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga 
    erishiladi; “Inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng 
    bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarning ta`lim olishida 
    ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu ularda ishonchni shakllantiradi. O‘quvchilar 
    tafakkurini faollashtiradi ; o‘z –o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va 
    mulohazalarga diqqatini jalb qilishni o‘rgatadi; yangi fikr va mulohazalarni 
    bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. 
    O‘qish savodxonligi darslarida ko‘proq o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashiga 
    e’tibor qaratilgan. Lekin ayrim holatlarda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, 
    mustaqil fiklashni rivojlantirishga mone’lik qilayotgan omillar ham uchrab turadi. 


    184 
    Jumladan, ko‘p hollarda o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida ta’lim metodi, usuli 
    va vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligidir. 
    Aynan hozirgi darsliklar milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, berilgan 
    topshiriqlar ko‘proq o‘quvchi o‘zi mustaqil harakat qilish asosida bajarish lozimligi 
    aytilgan. Lekin ayrim holatlarda biz kutgan natijalar kuzatilmayapti. Ya’ni, 
    o‘quvchining mustaqil harakatida sustkashliklar kuzatilmoqda. 
    Shuni unutmaslik lozimki, ona tili mashg‘ulotlarida bolaning ijodiy fikrlash, 
    mustaqil ravishda xulosalar chiqarishiga ko‘makiashadigan so‘zlarni kuzatish
    qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullaridan foydalanilmas 
    ekan, ta’lim samaradorligiga umid bog‘lash qiyin. 
    O‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanib, qoida va 
    xulosalar hosil qilmas ekan, bu qoida va xulosalarning o‘quvchiga hech qanday 
    foydali jihati yo‘q. Shuning uchun mashg‘ulotlarni deduktiv (umumiylikdan 
    xususiylikka) emas aksincha induktiv (xususiylikdan umumiylikka) usulida amalga 
    oshirish zarur. Bunda o‘quvchiga o‘xshash hodisalar berilib, undan o‘xshash 
    hodisalardagi umumiylikni ajratish va hodisalar sirasini davorn ettirish talab etilsa 
    samara tamoman boshqacha bo‘ladi. Birinchidan, umumiylikni hosil qilishda 
    bolaning mehnati singadi, hosil qilingan umumiylik bolaning faoliyat samarasiga 
    aylanadi (o‘ylaydi, izlanadi, farqlaydi, xulosa chiqaradi). Shuning uchun bu 
    umumiylik o‘quvchining shaxsiy mulki sifatida abadiy uniki bo‘ladi va unutilmaydi. 
    Berilgan hodisalarni davom ettirish talabi esa hosil qilingan umumiylikni amaliy 
    tatbiq bilan mustahkamlaydi. Umumiylikning xususiy voqealanishi cheksiz 
    bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat o‘quvchini doimiy shakllanishga, rivojlanishga 
    undaydi. 
    O‘quvchining o‘qish savodxonligi darslarida samarali ta’lim olishlari va 
    ularning so‘z biyligini oshirishda ularning intellektiga ham alohida e’tibor qaratish 
    yuqori natijani ta’minlaydi. Biz o‘quvchilarimizga bilimni yodda saqlashni emas, 
    balki olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish va hayotlari davomida 
    samarali foydalanishga e’tibor qaratishimiz kerak. 


    185 
    Bu jarayonlarning natijasiga osonroq erishishda har-xil didaktik materiallarni 
    qo‘llash ham ijobiy natija beradi. 
    Masalan: “Doirada berilgan harflar asosida so‘z tuz
    “ 
    o‘yini. O‘quvchilarda 
    doira ichida 9 ta harf taqdim etiladi. O‘quvchilar shu harflar ishtirokida so‘zlar hosil 
    qiladilar. Berilgan vaqtda ko‘p so‘z hosil qilgan guruh yoki o‘quvchi g‘olib sanaladi. 
    Bu o‘yinni ayniqsa unli va undosh tovushlarni o‘rgangandan keyin o‘tkazish 
    maqsadga muvofiqdir. Agar o‘quvchilar e`tiboriga i, l, a, f, k, t harflari berilgan 
    bo‘lsa ,ular bu harflarni qatnashtirib, il, aft, tilak, kaft kabi so‘zlar hosil qiladilar. 
    “Talaffuzda adashmang” o‘yini. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga tayyorlangan 
    video orqali x va h yoki f va p tovushlari ishtirok etuvchi so‘zlardan aytishini 
    topshiradi. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib topshiriqni bajarishi mumkin. Shunda 
    kim so‘zni noto‘g‘ri aytsa o‘yindan chiqadi. Mavzu asosida so‘zni aytgan o‘quvchi 
    shu so‘zni sinf taxtasida yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. 
    Masalan: Hil-hil, xil-xil, ham-xam, xush-hush, soh-shox, top-tob, tang-tank 
    So‘zlar lug‘ati tuzilgach, topilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish topshirig‘i 
    beriladi. 
    “So‘zdan so‘z yasash” o‘yini. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish