174
o‘zgarishi ustida ishlash (o‘n-en-in-un; il-iz-ich-ip-ish), so‘zlarni tovush va
bo‘g‘inlariga ko‘ra tahlil qilish, berilgan harf va aytilgan tovush ishtirokida so‘z, soz
birikmasi, gap tuzish bolalarda nutq qura olish layoqatlarini o‘stiradi.”
Olimning fikricha, nutq tovushlari, ularning o‘zaro farqlari ustida mashq qilish
natijasida o‘quvchilarda ham lingvistik tushuncha shakllanadi, ham fonematik
eshitish (nutq tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri anglash, fahmlash, eshitish, aytish)
rivojlanadi. Lingvistik tushunchalar to‘g`risida tasavvur hosil qilish, fonematik
eshitishni shakllantirish o‘quvchilarning til sezgirligini ta’minlaydi. Shunday qilib,
fonetikaga oid bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda orfoepik,
grafik, orfografik va shuning kabi malakalar hosil qilinadi.
Ma’lumki, ona tili ta’limiga oid leksika materiallari boshlang‘ich sinflardan
boshlab o‘rganiladi. O‘quvchilar so‘zlarning ma’nolari, yaqin ma’noli so‘zlar,
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar va shu kabi leksik hodisalarni o‘rganish orqali har bir
so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish uslubini ham o‘zlashtirish yo‘lidan borishadi.
Chunki grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor bo‘ladi. Shuning
uchun boshlang‘ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo‘ladigan grammatik
nazariyaga bog‘liq holda o‘rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo‘shimchalarning
yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik olmoshlari”, “Fe’l”
mavzularidagi otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi,fe’llarning
bo‘lishsiz shakllarining imlosi, otlarning ko‘plik shakllari imlosi, kishilik
olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi bilan bog‘liq imlo,
shuningdek, so‘z yasovchi morfemalar bilan bog‘liq ot, sifat, fe’l so‘z yasovchi
qo‘shimchali so‘zlar imlosi kabi.