Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Uzluksiz ta’lim ilmiy –uslubiy jurnal. Toshkent 2016.
2.
Tarbiya darsligi Toshkent “O‘zbekiston” 2020.
167
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TA’LIM OLISHIDA
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN UNUMLI
FOYDALANISH
Suvonova Zarina Boymirzayevna
Samarqand shahar 41- maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilar bilimini oshirishda pedagogik
texnologiyalarning o‘rni, pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash usullari
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
komil inson, pedagogik texnologiya, didaktik o‘yinlar, o‘qish
motivlari, erkin va mustaqil qobiliyat
Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarining samaradorligini oshirish
vazif asini qo‘yadigan texnik va shaxsiy resurslarni va ularning bog‘liqligini hisobga
olgan holda, o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning butun jarayonini yaratish,
qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli. Ta’limni takomillashtirishda zamonaviy
bilimlarga yo‘l ochish pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kunning asosiy talablaridan biridir. Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim
tizimini isloh qilish uni yangi davlat ta’lim standartlari asosida o‘rnatishga qaratilgan.
Hozirgi kunda o‘qituvchining faoliyati, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
O‘zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar
amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o‘zbek modeli, kadrlar tayyorlashning
milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni
tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak
darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga
ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi
168
barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy
qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va
murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasn emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida
kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar.
Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim shubhasiz mustahkam
poydevor yo‘lini o‘taydi. Boshlang‘ich ta’lim standartida o‘quvchilarning o‘qish
malakalarining sifatlari va ijodiy fikrlay olishlari, o‘z-o‘zini nazorat qila bilishlari,
nutq madaniyatini o‘zlashtirishlari, husnixat bilan savodli yozish ko‘nikmalarini
egallashlari alohida qayd etilgan.
Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratib, DTS o‘quv
dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o‘tkazilmoqda, pedagogik
texnologiyalar asosida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida
pedagogik
texnologiyalardan,
axborot
kommunikatsiya
vositalaridan
foydalanilmoqda.
Boshlang‘ich sinfda “o‘qish” fani o‘quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini yozma
ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish
ko‘nikmasi va malakalarga xizmat qiladi. Sinfda o‘qish darslariga qo‘yilgan
vazifalar:
1.
O‘qish malakasini takomillashtirish. O‘quvchilarda yaxshilik darajasi
sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.
2.
Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, kitobdan foydalanishga, undan
kerakli bilimni olishga o‘rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni
biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3.
O‘quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4.
O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5.
O‘quvchilar nutqi ( asosan,og‘zaki nutqi) ni va tafakkurini o‘stirish.
169
6.
Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining mazmuni:
1.
Ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan o‘rinli foydalanish -ta’lim
samarasini ta’minlashga yordam beradi.
2.
Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyat doirasini aniq belgilab beradi.
3.
O‘qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning
kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish
usullari ta’lim jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini qanday bo‘lishini,
o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
O‘qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a)
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish;
b)
o‘quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llanadigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik
texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish
muhim sanaladi. O‘qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning
ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning
dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois, boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim
jarayonidagi eng ma’suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga,
uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda
bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi
va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu davrda, avvalo, ta’lim
jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.
Chunki, bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv
faoliyatiga o‘tganligi bilan harakterlanadi. Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda
turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z
170
bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan
qaraganda, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir.
Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida
o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi.
O‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etishda ham muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etilgan o‘qish darslari jarayonida erkin va mustaqil qobiliyati shakllanadi.
Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o‘quvchilar atrof
olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar
orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o‘rganish, keng fikrlash, tegishli
qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta’limning mazmunini belgilash,
ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarni
keng egallashi va ma’naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar
tizimini ishlab chiqish, ta’limning natijasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash, ularni
obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.
Tushunish, idrok etish, o‘zini o‘zi boshqarish, f ikrni aniq, aniq va bataf sil
tushuntirish qobiliyatiga, interf aol o‘qitish usullari, o‘z-o‘zini va boshqalardan f
oydalanish “Men” tezda rivojlanadi va ijobiy samara beradi. O‘qitishda interf aol
metodlardan f oydalangan holda O`quvchilar o‘rtasida raqobat muhiti yaratildi, bu
O`quvchilarning oldinga siljishiga imkon berdi, natijada O`quvchilar birgalikda
o‘rganishni boshladilar. Har qanday interf aol usul O`quvchilarni to‘g‘ri va maqsadli
ishlatganda mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Yangi pedagogik texnologiya — bu
o‘qituvchi asosiy javobgar shaxs bo‘lgan ta’lim tizimining ratsional usullarini ishlab
chiqaradigan jarayon. Chunki uning asosiy vazif asi o‘quvchilarga tezkor, aniq va
tushunarli tarzda ma’lumot berishdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishni samarali tashkil etish, pedagogik
texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik
171
texnologiyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga
erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o‘rganish, amaliy
foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta’lim jarayoni nihoyatda
murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi
faolliligiga,ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy,
metodik mukammalligiga bog‘liq.
|