161
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar
bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida
faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga
bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi
metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi
shundaki, butun faoliyat o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga
tayyorlaydi. Men darslarim samaradorligini oshirishda turli xil vosita va usullardan
foydalanishga harakat qilaman. Masalan: