Foydalangan adabiyotlar
1. Djurakulova A.X. O‘quvchilarning qobiliyatini shakllantirishda nostandart
masalalar ahamiyati. Toshkent, 2020
158
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI
O‘STIRISHNING O‘ZIGA XOS USULLARI
Bovatova Dilafruz Qurbonovna
Jomboy tuman 32- maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf nutqini o‘stirishning o‘ziga xos
usullari va undan foydalanish yo‘llari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: Nutq, ta’lim, ifoda, talaffuz,fikr, og‘zaki, yozma.
Ta’lim jarayoni, uning rivojlanishi va samarali kechishi ko‘p jihatdan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ishonchi asosida qurilgan ochiq muloqotiga
bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni davlatimizning ta’limtarbiya tizimida umumiy
o‘rta ta’limning dastlabki bosqichidir. Uning asosiy maqsadi bolalarda elementar
tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan, obyektiv olam
haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirish uchun uni takomillashtirish va yangi yondashuvlar bilan
boyitishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini
yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning og‘zaki
va yozma nutqlarini me’yorlashda, adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatini belgilash,
ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni ravon o‘qishning
amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o‘qish
metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq
qilish zarur.
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni
ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq
madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan
usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib
159
o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi
hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy
topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Nutqni o‘stirish bilan bolalarning tasavvur va tafakkur qilish faoliyatlari
bog‘liq holda uzviy rivojlantiriladi. Bolalarni faollikka o‘rgatish uchun
ma’nodosh so‘zlarni topish o‘yinlarini tashkil etish, bunday so‘zlarni nutqda o‘rinli
qo‘llashni, gap tuzishda esa so‘zlar orasidagi bog‘lanishga mos turli o‘xshatishlar
topish kabi ishlar doimiy ravishda o‘tkaziladi. Rasmlarga yoki tasviriy vositalarga
qarab gap tuzishni, gapda so‘zlarning tartibga, ularning bir-biriga bog‘lanishiga,
so‘zlar o‘rnini almashtirib, gapni qayta tuzib o‘qishda izchillikka rioya qilish
mashqlarini o‘tkazishga e’tibor beriladi.
Men o‘z darslarimda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda turli xil maqollarni
har -xil formalarga solib o‘rgatib borishga harakat qilaman, bu o‘quvchilarni
faolligini oshirish bilan birga ularni nutq faoliyatini ham rivojlanib borishiga sabab
bo‘ladi. Quyida shu maqollarimdan birini sizlarga ko‘rsatib o‘tmoqchiman.
Ichib turgan
boshim
xirmonga
elni talar
Olma
bilan
adab
vafo
Og‘il bo‘lsin
oshimga
bersang
unim
Izzаt tilаsаng
vаyrоnаsi
uning jоyi.
g‘аmхоnаsi.
Chаqimchi
ko‘p dеmа.
bахil tоpsа,
pаqir, o‘chоq
Sахiy tоpsа,
- tuхum po‘chоq,
umrning
ko‘p yеmа.
Vаtаnning
erk
sihаt tilаsаng
bеkitib
Bir
hech ham
siringni
tush
Aql
vafo
sir
ol
Oltin
ham
og‘zimga
yotmas
Ishga
qiz bo‘lsin
chivin yetdi
oshim
Devorning
uyda
mingga
o‘lim
Bolali
olma
bir
berma
Birga
boshga
duo
bor
Dushmanga
pish
qulog‘i
egizak
Do‘stsiz
qo‘nim
qo‘l oyog‘i
boshimga
Noinsofga
bo‘lib yеr,
tuzsiz
tez bo‘lsin
160
Bu jarayonda o‘quvchilar birinchi qatordagi so‘zlarni olib keyingi qatordagi
so‘zlar bilan birlashtiradi. Masalan
:"Ichib turgan oshimga chivin yetdi boshimga",
yoki "Olma pish, og‘zimga tush", "Izzat tillasang, ko‘p dema-sihаt tilаsаng, ko‘p
yema"
kabi maqollar tuzishlari mumkin. Bu topshiriqlar orqali ham o‘quvchilar nutqi
rivojlanib boradi, ham ularni aqli charxlanib tafakkur doirasi kengayib boradi. Ushbu
jarayonni amalaga oshirish yana o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqini hama
rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun og‘zaki nutq namunalaridan
foydalanish, ularga taqlid qilish, ko‘proq yod olishga e’tibor berish mashqlarini
o‘tkazish tavsiya etiladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yod olish
qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘quv dasturida berilgan she’r namunalarini yoddan
aytishda ifodalikka, nutq odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda o‘qish
talab etiladi. Ya'niy ularda "Nutqiy kompetensiya" elementlarini rivojlantirishimiz
kerak bo‘ladi, bular
|