• O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI ANIQLASH VA ULARNI IS’TEDODINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING O‘RNI
  • Annotatsiya.
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Adabiyotlar ro‘yxati 
    1.
    O‘zbek tilining izohli lug‘ati / 5 jildli. To‘rtinchi jild. A.Madvaliyev tahriri 
    ostida. Tahrir hay’ati: E.Begmatov va boshq. – T.: “O‘ME” Davlat ilmiy nashriyoti, 
    2008. – 606 b. 
    2.
    Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. 
    Ona tili o‘qitish metodikasi / Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun darslik. – 
    T.: Noshir, 2009. – 352 b. 
    3.
    Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., Sariyev Sh., Dolimov Z. 
    O‘qish kitobi (Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik). – T.: 
    Yangiyo‘l poligraf servis, 2017 
    4.
    Matchonov S., G‘ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlang‘ich 
    sinflarda o‘qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. – T.: 
    Yangiyul poligraph service, 2008. – 224 b 
    O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI ANIQLASH VA 
    ULARNI IS’TEDODINI RIVOJLANTIRISHDA 
    PEDAGOGIK MAHORATNING O‘RNI 
     
    Suvonova Zarina Boymirzayevna 
    Samarqand shahar 41- maktab o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya. 
    Mazkur maqolada maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilarni 
    aniqlash va ularni rivojlantirishda pedagogik mahoratning o‘rni va ahamiyati, ta`lim 
    va tarbiyani o‘rinli tashkil etish yo‘llari haqida ma’lumot berilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    Ta’lim sifat va samaradorligi, is’tedod, iqtidor tarbiya, qobiliyat, 
    bilimli, spetsifik, ijodkor. 


    152 
    Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atda 
    jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini 
    mazmunan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar bilan olib 
    borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. 
    Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning ma’naviy 
    qiyofasi, aqliy salohiyati va kasbiy mahoratiga nisbatan yuqoridagi fikrga asosan 
    jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlod ta’limi va 
    tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor bir kun kelib o‘z natijasini bermay qolmaydi, 
    albatta. Ayniqsa, maktab yoshidagi o‘quvchilar ta`lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor 
    berilib, farzandlamizning iqtidor va iste’dodlari erta aniqlanib shu asosida ta`lim 
    sohalari bo‘yicha yo‘naltirilib o‘qishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 
    Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan, to‘g‘ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash 
    davrimizning dolzarb muammolaridandir”. Darhaqiqat, XXI asr intellektual, o‘z 
    mustaqil, sog‘lom fikriga ega yoshlarni tarbiyalaydigan asrdir. 
    Shu bois, bolalarning puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, 
    ta’lim beruvchining mahorati, bilimi, layoqati muhim spetsifik xarakterga ega. Bugun 
    o‘zini pedagogman deb hisoblagan mutaxassis, albatta, bolalarning ta’lim-tarbiya 
    olishiga jiddiy e’tibor qaratmog‘i lozim. 
    Bisning asosiy maqsadimiz – o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, 
    ularni ijodkorlikka jalb etishdan iborat. Negaki, bugungi kunda ish beruvchi ham 
    mustaqil fikrlaydigan, olgan bilimlarini muammolarni hal etishda bemalol qo‘llay 
    oladigan, tanqidiy mulohaza yuritishga qodir bo‘lgan, til zahirasi boy, savodli 
    xodimni ishga olishdan manfaatdor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘qituvchi 
    faoliyatidagi eng muhim narsa bu – o‘quvchilarni o‘rganishga o‘rgatish. 
    O‘quvchilarning o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalari esa cheksiz ko‘p – eng muhimi, 
    ular mehnatdan qochmaslikka, ongli, samarali, ijodkorona va mas’uliyat bilan mehnat 
    qilishga o‘rganishlari lozim. Bugungi kunda o‘qituvchilar oldiga qo‘yilayotgan talab 
    ham shu: o‘quv tarbiya jarayonini muntazam takomillashtirib borish, ta’lim, tarbiya 


    153 
    bilan bog‘liq, rivojlantiruvchi va albatta, amaliy masalalarni sifatli hamda majmuali 
    tarzda hal etish zarur. 
    Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulardagi tug‘ma 
    qobiliyatni, iqtidor va iste’dodini erta yoshdan boshlab aniqlashga e’tibor 
    qaratishimiz orqali kelajakda vatanimizdan buyuk shaxslar yetishib chiqishiga o‘z 
    hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Buning uchun biz bolalardagi iqtidor va qobiliyatni 
    o‘z vaqtida aniqlab, to‘g‘ri yo‘naltirib rivojlantirsak, ularning kelgusida yangi-yangi 
    kashfiyotlarni yaratishlariga zamin yaratgan bo‘lamiz. Shu sababli axloqli sof 
    mantiqiy tafakkuri kuchli, aqliy madaniyati yuqori bo‘lgan. Bolalarni maxsus o‘qitish 
    va ularga ko‘proq umid bog‘lash lozim. Aynan shunday bolalar kelgusida yanada 
    muhimroq iqtisodiy ,ilmiy va ijtimoiy masalalarni yechishga qodir bo‘ladilar. O‘zbek 
    avlodini jahonga ko‘z-ko‘z qila oladigan kishilar-bu iste’dodli, qobiliyatli, zukko, o‘z 
    ishining ko‘zini bilib bajaradigan qo‘li gul, o‘z sohasining mohir mutaxassislaridir. 
    Dono, tetik, aqli raso bolalarni sinf o‘quvchilari orasidan asosli ravishda tanlashimiz 
    va ularni layoqat yo‘nalishlari, qobiliyatlariga qarab u yoki bu sohaga, kasbga 
    yo‘naltirishimiz kerak. Is’tedodli bolalarni aniqlab ular bilan ishlashda qudagilarga 
    amal qilinganda yaxshi natijalarga erishiladi: 
    -Har bir bola takrorlanmasdir. Ba`zilari she’r yozish, ba`zilari matematikadagi 
    qobiliyati bilan bir xillari esa yuqori intellekti bilan ajralib turadi. 
    Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan pedagog maxsus pedagogik, psixologik 
    va mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimli va yuksak fazilatli shaxs hisoblanadi. Shu 
    bois, bugungi kun zamonaviy o‘qituvchisida quyidagi fazilatlar bo‘lishi lozim. U 
    o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam 
    ishlashi, ta’lim-tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, fiziologiya fanlarining 
    asoslarini bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning yoshi va psixologik 
    xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatini tashkil etishi lozim. Ustoz- 
    murabbiylar ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan unumli 
    foydalanishni bilishi kerak. 


    154 
    Ko‘pgina is’tedodli o‘quvchilarning qiziqishlari ko‘p qirralidir. Is’tedodli 
    bolalar boshqa bolalar bilan o‘qigan taqdirda ham, is’tedodli boshqa bolalar bilan 
    muloqat qilish imkoniyatini yaratish kerak. Is’tedodli bolalarning dasturi har 
    tomonlama mukammal bo‘lishi zarur. Is’tedodli bolalarni o‘qitishning namunali 
    rejasini ish faoliyatiga bevosita tatbiq qilish kerak. Bugungi kun o‘qituvchisi o‘ziga 
    yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatga nisbatan qiziqish 
    uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, 
    hatti-harakatini real baholay olishi kerak. 
    Har bir faoliyat uchun zarur bo‘lgan materialni oldindan tayyorlab qo‘yishi, 
    yangi bilimni egallagan bilimlar bilan bog‘lay olishi kerak. Bolalar egallab olishi 
    lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ularning yoshlik xususiyatlariga mos 
    bo‘lishi kerak. U bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va uni bolalar 
    bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi kerak. Pedagogik 
    mahoratning mohiyatini tahlil etish, undan etarli darajada xabardor bo‘lib uni 
    amaliyotda qo‘llay olish pedagogning bilimi, tajribasi va kreativligiga bog‘liq. 
    Demak, bugungi kun o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida pedagogik mahorat 
    alohida o‘ringa ega. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish