• BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIKNING OLDINI OLISHGA YO‘NALTIRILGAN TADBIRLAR
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
    1.I.V.Repyova Matematika. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun 
    darslik. IV-qism. Toshkent: “Novda Edutainment”. 2023y. 104-bet. 


    147 
    2.
    D.D.Baynazarova, M.E.Toirova Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablarining 3-sinf uchun darslik. IV-qism. Toshkent: “Novda Edutainment”. 
    2023y. 96-bet. 
    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIKNING 
    OLDINI OLISHGA YO‘NALTIRILGAN TADBIRLAR 
     
    Jo‘rayeva Ozoda Saloydin qizi 
    Kattaqo‘rg‘on tuman 41- maktab o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan olib 
    boriladigan pedagogik ishlarning mazmuni aks etgan. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi 
    o‘quvchilarni keltirib chiqaruvchi sabablar tahlil qilingan. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi 
    o‘quvchilar bilan ishlashga oid metodik tavsiyalar berilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    o‘zlashtirish, natija, hamkorlik, individual ishlash, bo‘sh 
    o‘zlashtirish, tizimli ishlar. 
    Respublikamizda ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan 
    islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan, ongli, zamonaviy 
    dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni 
    shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, 
    farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr 
    talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu 
    vazifamiz. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi o‘quv faoliyati kichik 
    maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada 
    rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat 
    yaratadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bogliq 
    bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. Kirishish motivi tabiiy psixologik 
    ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu 
    xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab 


    148 
    davrida, shuningdek o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab 
    yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga- 
    o‘zlari baho beradilar. 
    O‘quvchilar o‘zlashtirmasligining oldini olishga yo‘naltirilgan maktabda 
    o‘tkaziladigan tadbirlar. 
    Maktab jamoasining o‘quvchilar o‘zlashtirilmasligining oldini olish bo‘yicha 
    olib boriladigan ishlarning muvaffaqiyatining ma’muriyat, kasaba uyushmasi va 
    “Kamalak” bolalar tashkilotining qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Ilg‘or o‘quvchilar ishidagi tajribalarni umumlashtirish va eksperimental 
    tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha o‘zlashtirmaslikning oshirilishi bo‘yicha 
    umumlashtirish ta’birlaridan tashqari dastlabki jamoalardan sinflararo guruhiy va 
    individual profilaktik tadbirlar ham zarur. 
    Boshlang‘ch 
    sinflarda 
    o‘zlashtirilmaslikning 
    oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimini 
    ishlab chiqish, avvalo, kichik maktab yoshidagi 
    o‘quvchilar aqliy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishni taqozo 
    etadi. 
    Sinfda o‘tkaziladigan tarbiyaviy ta’sir o‘qituvchilar, ota – onalar, jamoatchilik 
    va o‘quvchilar tashkilotlarining kuchlarini o‘quvchilarning o‘qish muvafaqqiyatiga 
    tarbiyaning ta’sirini oshirish maqsadida birlashtirish bilan bog‘liq. O‘qishda 
    qiynalayotgan bolalarga nisbatan qulay ahloqiy iqlim yaratish muhimdir. Bunda 
    birinchi navbatda bolaning ustidan kulish, haqoratlashlariga yo‘l qo‘ymaslik, ta’sirini 
    antipedagogik usullarga yo‘l bermaslik zarur. 
    Bunday iqlim yakdil tashkil e’tilgan jamoadagina yaratish mumkin. Shuning 
    uchun ham o‘zlashtirmaslikning oldini olishning muhim tarbiyaviy ta’sirlaridan biri 
    o‘quvchilar jamoasida birdamlikni tarbiyalash, o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni 
    tarbiyalashda yoshlar tashkilotining rolini oshirish bo‘yicha tadbirlar tashkil e’tish 
    muhim hisoblanadi. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish