139
Qish fasli haqida qiziqarli ma’lumot
Fikrni jamlovchi mashq o‘tkaziladi.
“567” nafas olish mashqi
Bu mashqni bajarish o‘quvchilar qo‘llarini tizzalariga qo‘yib, gavdalarini tik tutib
o‘tirib olishadi. O‘qituvchi sanab turadi, bolalar bajarishadi;
1 2 3 4 5-nafas olamiz
1 2 3 4 5 6 –nafasni ushlab turamiz
1 2 3 4 5 6 7-nafas chiqaramiz
2.
O‘tgan mavzuni mustahkamlash
a)
”Quvnoq barmoqchalar” didaktik o‘yini:
Bu metodda o‘quvchilarga barmoqlar maketi tarqatiladi. O‘qituvchi o‘tilgan
mavzu yuzasidan 5ta savol beradi. O‘quvchilar har bir savolning javobini 1ta
barmoqqa yozib boradi. So‘ngra o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, o‘quvchilar
tekshiradilar. Tekshirish davomida qaysi barmoqdagi javob xato bo‘lsa, o‘sha barmoq
yopib qo‘yiladi.
Jarayon tugallangach, bolalar kaftlarni ko‘taradilar. Beshala
barmog‘i ham ochiq turgan o‘quvchilar, ya’ni 5ta savolga ham to‘g‘ri javob bergan
o‘quvchilar o‘z barmoqchalarini BIZNING
OILA deb nomlangan plakatga
yopishtiradilar va sinf oilasi daraxtining o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shadilar.