• “Tulki va turnaga yordam bering” didaktik o‘yini.
  • “Quvnoq barmoqlar” didaktik o‘yini
  • “Men ham jajji yozuvchi” didaktik o‘yini




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    “Men ham jajji yozuvchi” didaktik o‘yini. 
    Bu o‘yinda o‘quvchilarga mustaqil fikrlashlari, matn ustida erkin ishlashlari 
    uchun imkoniyat beriladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga fikrlashga undovchi 
    savollar beradi va barcha javoblarni qabul qiladi. Misol uchun, Tasavvur qiling siz 
    jajji yozuvchisiz. Endi o‘zingizni yozuvchidek tasavvur qilib, quyidagi savollarga 
    javob bering, 
    1)
    Siz matnga yana qanday sarlavha qo‘ygan bo‘lar edingiz? 
    2)
    Matn qahramonlari sizga yoqdimi, balki siz boshqa qahramonlardan 
    foydalanarsiz? 
    3)
    Siz matnni qanday tugatgan bo‘lar edingiz? 
    4)
    Matnga yana nimalarni qo‘shgan bo‘lar edingiz va hakazo. 
    O‘yin oxirida eng kreativ fikrlar egalari rag‘batlantiriladi. 
    “Tulki va turnaga yordam bering” didaktik o‘yini. 
    Bu o‘yin orqali o‘qish va ona tili darslarini integratsiya qilamiz. Ya’ni, o‘qish 
    savodxonligi darsida ona tili fani elementlarini mustahkamlashimiz mumkin. Misol 
    uchun, mavzu: “Bo‘g‘irsoq” ertagi. O‘quvchilarga bo‘g‘irsoq so‘zidagi tovushlarni 
    jarangli va jarangsizga ajratib, tulki va turnaning ko‘za va likopchasiga solish 
    topshirig‘i beriladi 
    Tulki 
    Turna 
    (jarangli) 
    (jarangsiz) 
    b, r 
    g‘, s, q 
    To‘g‘ri va tez bajargan guruh rag‘batlantiriladi. 
    “Quvnoq barmoqlar” didaktik o‘yini 
    Bu o‘yinda har bir o‘quvchi o‘zi uchun ajratilgan barmoqqa o‘qituvchi 
    tomonidan aytilgan savollarga javob yozadi. 5 ta savol beriladi, savollar tugagach 
    o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi. Xato javob yozilgan barmoqlar yopib qo‘yiladi. Barcha 
    savollarga javob bergan yani, 5 ta barmog‘i ham ochiq qolgan o‘quvchilar o‘z 


    136 
    barmoqchalarini “Bizning oila” deb nomlangan plakatga yopishtirishadi va 
    barmoqchalardan daraxtni hosil qilishadi. Bu juda qiziqarli jarayon bo‘lib, 
    o‘quvchilar daraxtning o‘sishiga oz xissalarini qo‘shish uchun jon-jahdi bilan harakat 
    qilishadi. 
    Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, didaktik o‘yinlar mavzuni o‘quvchilarning 
    yaxshi o‘zlashtirishiga, darsning qiziqarli va tushunarli bo‘lishiga yordam beradi, 
    matn ustida ishlash ko‘nikmalarini oshiradi. Quyida 2-sinf o‘qish savodxonligi 
    fanidan yuqoridagi metodlar qo‘llanilib tashkil etilgan bir soatlik dars ishlanmani 
    ilova qilamiz. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Men ham jajji yozuvchi” didaktik o‘yini

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish