Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh.M. „Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz.“2018
2.
O‘zbek tilining imlo lug‘ati.Toshkent, “O‘qituvchi”, 2019-yil
3.
G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
Toshkent, Tafakkur, 2021
130
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNING
AHAMIYATI
Rashidova Lola Abdug‘aniyevna
Toyloq tumani 1-maktab o‘qituvchisi
Annotats
iya. Mazkur maqolada o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish,
didaktik o‘yinlar orqali aqliy faoliyatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘quvchi, savodxonlik, imlo, diktant, didaktik, interfaol, multi-
media.
Ona tili fani o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, fikrini og‘zaki va yozma ifoda
eta olish uchun eng kerakli bo‘lgan fanlardan biri bo‘lib,shu bilan bir qatorda nutqiy
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun alohida e’tibor qaratadi. Ma’lumki,1-sinfga qabul
qilinib, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy
o‘rinni egallaydi, o‘yin ularning eng sevimli mashg‘ulotidir. Shunday ekan,
o‘qituvchi o‘yinni siqib chiqarmasdan undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida qo‘llanadigan interfaol metodlarni biz mazmuniga va amalga
oshirish shakliga ko‘ra 2 xil tasnif qildik.
Interfaol metodlar tasnifi
Mazmuniga ko‘ra:
Amalga oshirish shakliga ko‘ra
1.
Tinch o‘yinli metodlar
1.Musobaqa o‘yinli metod
2.
Harakatli o‘yinli metodlar
2.Sahna o‘yinli metod
3.
Aralash turdagi o‘yinli metodlar
Tinch o‘yinli metodlardan biri: “
O‘zim tekshiraman
” metodini o‘tkazishda
o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi va yozdiradi. Barcha o‘quvchilar
diktantni yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa
o‘qituvchining yozganiga qarab, o‘zlari yozgan diktantni tekshiradilar. Diktant oldin
doskaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa,o‘qituvchi pardani ochadi. Bunday
diktantlarni hatto alifbe davrida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avval faqat
harflardan,so‘ngra bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirishi mumkin.
131
1-
variant: Oo, Ii, Uu, Aa, O‘o‘.
2-
variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in
3-
variant: Bola, lola, ona, zar, par.
4-
variant: Bugun havo issiq.
“Hikoya”
metodi
O‘qituvchi doskaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil
ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Ushbu jarayonda ularning lug‘at
boyligi ortadi va gaplarni to‘g‘ri tuzishi,tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishi,mustaqil
fikrlash malakasi shakllanadi.
1-
variant : Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob.
2-
variant: Olma, kasal, o‘rtoq, Abduvali.
3-
variant: Mushuk, bobo, poliz, non, sichqon.
“
Nima yo‘qolib qoldi?”
metodi
Bu didaktik o‘yinda stol ustida bir necha yoki alohida buyumlar surati
tushurilgan kartochkalar joylashtiriladi. O‘quvchilar stol ustini yaxshilab kuzatib,
narsalarni eslab qoladilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga bildirmasdan
ularning bittasini olib qo‘yadi, o‘quvchilar esa stol ustidan nima yo‘qolib qolganini
topishlari lozim.
Bu o‘yin ayniqsa alifbe davrida harflarni o‘rganish jarayonida juda qo‘l keladi.
“
Qarmoq
” metodi
Bu o‘yinda barcha darslarda qo‘shimcha savollar berish yoki turli ertaliklarda
foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi qog‘ozchalarga savollar yoziladi va bir
chetiga temir qistirgichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqchalarning uchiga ip va
ipning uchiga magnit bo‘lakchasi bog‘lab qo‘yiladi. O‘quvchilar bu” qarmoqlar”
vositasida “baliqchalar”dan birini tutib olishlari va undagi savolga javob berishlari
lozim bo‘ladi.
Bulardan tashqari,yangi pedtexnologiyalar asosida darslarni to‘g‘ri tashkil etish
maqsadga muvofiqdir. Bularga: ”Uyga vazifani tekshirish” metodi, ”Ari chaqdi”,
”Charxpalakdan raqam tanlab baliqni oziqlantirish”, ”Naycha”, ”Bog‘bon quyoncha”
132
metodlari mustaqil ishlarni uyushtirishda va shunday mustaqil ishlar vositasida
o‘quvchilarga mustaqil fikr yuritish, izlanish, analiz va sintez qilish, to‘g‘ri xulosalar
chiqarish malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
Aralash turdagi oyinli metodlar:
“Uyga vazifani tekshirish”
metodi orqali ko‘rgazmadan foydalaniladi. Unda
har bir topshiriqni o‘quvchilar galma-gal chiqib uycha eshigini ochsa, berilgan
savolga to‘g‘ri javob berishsa uycha eshigi ochiladi va tekshirib olishadi, aksincha
noto‘g‘ri bo‘lsa eshikcha ochilmaydi, keyingi o‘quvchi chiqadi.
“Ari chaqdi”
metodi orqali darsni mustahkamlash buyuriladi. Bunda
guruhlardan 1tadan o‘quvchi chiqib, 2 ta o‘quvchi bellashadi. Ona tilidan berilgan
savollarga kim birinchi bo‘lib javobni aytsa, ari qarshisidagi o‘quvchiga qarab yuradi.
Shu tarzda kimning qo‘liga ari birinchi tegsa,demak shu o‘quvchini ari chaqib oldi
deb, ikkinchi o‘quvchini g‘olib, deb rag‘batlantiramiz, shu o‘quvchi g‘olib
hisoblanadi. Bu metodni barcha fanlarga qo‘llasak bo‘ladi.
"Charxpalakni aylantirib raqam tanlab,baliqni oziqlantirish"
metodida
o‘quvchilar "Omad shou" deb nomlangan barabanni aylantirib raqam tanlab,
baliqning ozuqalariga berilgan so‘zlardan so‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlab, to‘g‘ri
javob berishsa, baliqni oziqlantirish mumkin.
Masalan: Iste‘dodli, iste‘dod asos, -li so‘z yasovchi qo‘shimcha.
Muhabbatli, muhabbat asos, -li so‘z yasovchi qo‘shimcha.
Bu metodni barcha fanlarga qo‘llasa bo‘ladi.
“
Naycha”
metodida o‘quvchilar 3 ta guruhga bo‘lingan holda o‘qituvchi
tushuntirib bergan so‘z yasovchi qo‘shimchalarni topishadi. Buning uchun naycha
kerak bo‘ladi, so‘zlarni topishda o‘quvchilar naychani qo‘l ishlatmasdan, og‘izlarida
havo orqali ichlariga tortib tezroq yig‘ishlari talab etiladi. 1-o‘quvchiga- chi, 2-
o‘quvchiga –la, 3- o‘quvchiga –siz qo‘shimchasini topish buyuriladi. Qaysi guruh
a‘zosi berilgan vaqt ichida tez va chaqqonlik bilan to‘g‘ri bajarsa,shu guruh g‘olib
sanaladi va rag‘batlantiriladi.
133
"Bog‘bon quyoncha"
metodida bog‘bon quyonchaning bog‘ida ekilgan 3
bo‘limli yeridan o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, quyonchaning savatchasiga
sabzilarning orqasidagi berilgan so‘zlarni, savollarga javoblarni to‘g‘ri berishib, qaysi
guruh oldin yerdagi sabzilarni oldin sug‘urib savatchaga solishsa, shu guruh
g‘oliblikni qo‘lga kiritadi va o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Masalan, o‘quvchilar -chi qo‘shimchasiga sabzi orqasidagi so‘zlarni o‘qib,
tushuntirib, savatchaga yig‘ishadi:
1-
guruh: -chi qo‘shimchasiga: dutorchi, do‘mbirachi, navbatchi, jangchi va
hokazo.
2-
guruh -li qo‘shimchasiga: bo‘yoqli, tantanali, sifatli, zinali va hokazo.
3-
guruh -siz qo‘shimchasiga: bilimsiz, xatosiz, so‘zsiz va hokazo.
Ushbu usullardan tashqari juda ko‘p metod,o‘yinlar mavjudki o‘quvchilar
nutqiy va lingvistik kompetnsiyalardagi barcha talablarni,ya’ni ona tilidagi berilgan
topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi, tushunib o‘qiy oladi. Og‘zaki nutqda
so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi. Ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi,
bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi. Yozma nutqda tinish belgilarni to‘g‘ri
qo‘llay oladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi davrda yangi pedagogik
texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Demak,
ilg‘or pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni unumdorligini
oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda
bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Didaktik
o‘yinlar ona tili darslarida boshlang‘ich sinflarda, ayniqsa qiyin o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Yangi multemedia ilovalaridan foydalanib, slaydlar tayyorlab darsdan
unumli foydalanish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.
|