• TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DARSLIKLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    K.Qosimova va b.q. Darslik “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T-2019. 
    2.
    G. Boymurodova va b.q. O‘qish “4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik 
    va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 
    metodik qo‘llanma T-2020. 
    3.
    A.Zununov. Badiiy asarni tahlil qilish T.”O‘qituvchi” 2020. 
    TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DARSLIKLAR BILAN 
    ISHLASHNING AHAMIYATI 
     
    Imomova Sarvinoz Fazilovna 
    Urgut tumani 21-maktab o`qituvchisi 
     
    Annotatsiya. 
    Maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda darsliklar bilan 
    ishlashning bosqichi, darsliklarni tahlil qulish, kitob bilan muvaffaqiyatli ishlash 
    ko‘nikma va malakalarni egallash haqida bayon qilingan. 
    Kalit so‘zlar: 
    darslik, bilim, ko‘nikma, malaka, mustaqil ish, o‘zlashtirish, 
    mustahkamlash 
    O‘quvchilar ilgari darsliklardan uyda bilimlarini mustahkamlash uchun 
    foydalangan bo‘lsalar, ta’lim rivojlanishining hozirgi bosqichida esa ulardan yangi 


    122 
    material bayon qilinishi bilanoq foydalanishmoqda. O‘quvchi kitob bilan 
    muvaffaqiyatli ishlay olishi uchun tegishli ko‘nikma va malakalarni egallashi kerak. 
    Ta'limning hozirgi bosqichida o‘quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlashni o‘rgatish 
    o‘qituvchining muhim vazifasidir. Binobarin, ular kelajakda turli bilimlarni 
    o‘zlaricha tahlil qilishga, o‘rganishga va umumlashtirishga ham majbur bo‘ladilar. 
    Kitob bilan ishlashni o‘rgatishning dastlabki bosqichida izohli o‘qish 
    metodidan foydalaniladi. O‘qituvchi bolalarga kitobni diqqat bilan o‘qishni, undagi 
    har bir so‘z va ifodaning ma’nosini oylab ko‘rish hamda butun mazmunni qamrab 
    olishni o‘rgatadi. Darslik bilan ishlashning asosiy bosqichi o‘quvchilar sinfda va uyda 
    o‘zlari uchun yangi materialni mustaqil holda o‘rganadilar. Ishning bu usuli quyi 
    sinflardagi darslarda dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish uchun bir oz qiyinlik 
    qiladi. Shunday ekan, darslik va kitob bilan ishlashning o‘qitish metodi sifatidagi 
    mohiyatini qanday ta’riflash mumkin? 
    Bu metodning mohiyati bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, 
    o‘quvchilarning darslik va kitob bilan mustaqil ishlashi jarayonida amalga 
    oshishidan, va ayni paytda, ularning kitob bilan ishlash malakalarini egallashidan 
    iboratdir. Mazkur metodning o‘zaro bog‘liq ikkita muhim tomoni mavjud bo‘lib, ular 
    o‘quvchilarning o‘rganiladigan materialni mustaqil o‘zlashtirish va ularda o‘quv 
    adabiyoti bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Dars mashg‘ulotlari tizimida 
    darslik bilan ishlashning to‘g‘ri yo‘lga qoyilishida o‘qituvchining ta'limiy ishlari 
    bilan o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro muvofiqligi masalasi g‘oyat mihim ahamiyatga 
    molikdir. 
    Darslikni mashg‘ulotlarni tashkil qilish uchun foydalaniladigan qandaydir 
    yordamchi vosita deb bilmaslik kerak. Darslik, avvalo, o‘quvchilar uchun muhim 
    bilim manbalaridan biridir. Lekin u bayon etilgan materialni mustahkamlashning va 
    o‘quvchilar bajaradigan aqliy ishlarni faollashtirishning samarali vositasi sifatida ham 
    xizmat qiladi. Ammo buning uchun o‘qituvchi darslikni qo‘llashda eng muhim 
    metodik talablarga rioya qilishi zarur. U mashg‘ulotlarni o‘tkazishdagi muayyan 
    holatda darslikni qay yo‘sinda qo‘llash maqsadga muvofiqligini aniqlab olishi, shu 


    123 
    orqali bolalarni fikrlashga rag‘batlantirishi, ularning o‘rganiladigan materialni quruq 
    yodlashi va yuzaki eslab olishiga yo‘l qoymasligi kerak. Shu boisdan dars 
    mashg‘ulotlari jarayonida darslik ustida ishlashni tashkil etishga qoyiladigan ayrim 
    umumdidaktik talablar haqida bir oz to‘xtalish joizdir. 
    1.
    Avvalo, o‘quvchilar darsda mustaqil o‘rganishi uchun kerakli materialni 
    to‘g‘ri tanlashi muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, o‘quvchilar barcha masalalarni 
    o‘qituvchining oldindan tushuntirishisiz o‘zlashtiravermaydilar. Ko‘p mavzular 
    mutlaqo yangi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan va ular umumlashtiruvchi xarakterda 
    bo‘ladi. 
    2.
    Darslik va o‘quv kitoblari bilan ishlashdan oldin doimo o‘qituvchi mufassal 
    kirish suhbati o‘tkazishi shart. Unda o‘quvchilarni o‘rganiladigan mavzudan xabardor 
    qilishi, yangi materialning asosiy masalalariga e'tibor berishi (lozim bo‘lsa, doskaga 
    yozishi yoki oldindan tayyorlangan jadvalni ilib qoyishi), shuningdek, mustaqil 
    ishning tartibini belgilashi kerak 
    3.
    Darslik bilan ishlash butun dars mobaynida davom etmasligi kerak. Uni 
    o‘qitishning boshqa shakllari va metodlari bilan birlashtirish lozim. Masalan, darslik 
    bilan ishlab bo‘lingach, material qanday o‘zlashtirilganini tekshirish, ko‘nikma va 
    malakalar hosil qilish, o‘quvchilarning bilimlarini yanada chuqurlashtirish boyicha 
    amaliy mashqlar o‘tkazish kerak. 
    O‘tilgan material ustida ishlash, yangi materialni bayon etish va 
    mustahkamlashda 
    darslikdan 
    foydalanish 
    yo‘llarini ko‘rsatamiz. Yuqorida 
    aytilganidek, so‘nggi yillarda o‘tilgan material ustida ishlashda qo‘llanilgan metodika 
    uy vazifalariga o‘xshash tayyorlanish mashqlari bilan bog‘liq anchagina usullarni o‘z 
    ichiga oladi va bunday mashqlar darslik bilan bajariladi. O‘quvchilar masalalarni 
    yechadilar, mashqdarni ko‘chiradilar, darslikdagi savollarga yozma javoblar 
    qaytaradilar va hokazo. Lekin o‘tilgan material boyicha darslik bilan ishlashning yana 
    bir turi borki, uni ko‘pchilik o‘qituvchilar bilmaydilar. Ishning bu turi 
    o‘quvchilarning darslikdagi materialni mashg‘ulotning boshida, bilimlarni tekshirish 
    oldidan o‘qishidir. 


    124 
    O‘qitish jarayonidagi rahbarlik didaktik savollar yoki o‘qituvchining savollari 
    yordamida amalga oshiriladi. O‘quvchi o‘qituvchining savollariga tobe bo‘lib 
    qolmasligi uchun o‘zi o‘ziga mustaqil holda savollar qoyishni o‘rganishi, ya'ni 
    o‘zicha fikr yuritish ko‘nikmasini o‘zlashtirishi kerak. Bunga o‘qitish jarayonida 
    erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi nima qilishi lozim? U avvalo zarur 
    tushunchalarni o‘rgatadi. Buni muayyan misollar orqali bajaradi. Ammo har bir 
    o‘qituvchi yangi materialni, yangi tushuncha va operatsiyalarni o‘rgatganidan keyin 
    ham o‘quvchi ularni mustaqil holda qo‘llashga qiynalishini biladi. 
    Qoida tushuntirilishi bilanoq taklif etilgan topshiriq ustida ishlashda 
    o‘quvchida avval ikkita faoliyat, ya'ni qoidani o‘zlashtirish va qoidaning mazmunini 
    tushunish faoliyatlari qo‘shilib ketadi. 
    Qoidani o‘zlashtirish faoliyatini nuqtai nazar yoki o‘qituvchining savoli 
    boshqaradi. Ayni paytda o‘quvchi qoidaning mazmunini tushunishga ham harakat 
    qiladi. Keyingi faoliyat muayyan misolga qaratiladi. Bularning hammasi mazkur 
    vaziyatda qoshilib ketadi. Agar qoida faqat bitta misol yordamida ko‘rsatilsa, u 
    tushuntirilgan vaziyatga o‘xshasada, boshqa vaziyatlarga o‘quvchilar mustaqil 
    holda ko‘chira olmaydilar. Shuning uchun o‘quvchilarga oldin bir necha misollarni 
    o‘qituvchi rahbarligida yechish imkoniyati yaratiladi. Ular qoidani yaxshi o‘rgangach 
    va mashqlar bilan mustahkamlagach, ularga asta-sekin murakkablashib boradigan 
    misollar, topshiriqlar asosida mazkur qoidani qo‘llash bo‘yicha mustaqil ishlar taklif 
    etiladi. 
    Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar darsda endigina o‘rganilgan mazmunning 
    o‘zini emas, balki ana shu mazmunni o‘rganishda qo‘llangan usullarni takrorlash 
    yo‘li bilan yangi tushunchani mustaqil holda o‘zlashtirishga tayyorlanadi. Sinfdagi 
    hamma o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida qandaydir mavzuni o‘rganganlaridan 
    keyin o‘qituvchi ularga "teskari yurish" qilishni, ya'ni darsning har bir nuqtasiga 
    qaytishni va unda nima qilingani hamda qanday qilinganini kuzatishni tavsiya etadi. 
    Bunda eng muhimi darsning mazmuni emas, balki o‘quvchilarning ana shu 
    mazmun ustida qanday ishlashidir. Bu esa ularga ta'limiy ishning usullarini anglashda 


    125 
    yordam beradi. Sinfda qanday masalalar qoyilganini, hodisani tushunishga yoki 
    muammoni yechishga qanday qilib erishilganini bilib oladilar. Bu ish o‘qish 
    usullarini egallash mashqidir. Mana shu mashqning natijalarini bir o‘quvchi doskaga 
    yozadi, qolgan o‘quvchilar darsning qanday o‘tganini qayta tiklashda unga yordam 
    beradilar. Buning uchun doska ikki qismga bo‘linadi va uning chap tomoniga 
    darsdagi eng muhim faktlar hamda fikrlar qisqacha reja ko‘rinishida yoziladi. O‘ng 
    tomonga masalalar, sinfda bajarilgan barcha ishlar, aytaylik, kuzatishlar, mo‘ljallar, 
    topshiriqlarning yechimlari va hokazolar yoziladi. Bu mashq orqali nimalarga 
    erishiladi? Darsning asosidagi barcha masalalar, harakatlar va ifodalar darsning 
    umumiy mazmunidan ajratiladi va shu tariqa o‘quvchilarning tushunishi uchun 
    moslashtiriladi. Natijada, o‘quvchilar darsda nima qilish lozim bo‘lganini va qanday 
    qilinganini bilishga hamda tushunishga odatlanadilar. Vaqt o‘tishi bilan bilish 
    harakatlarini yangi hodisalarga yoki misollarga ko‘chirish ko‘nikmalari tarkib topadi. 
    Lekin bilish harakatlarini ko‘chirish mashqi o‘quvchilar uchun darsda materialning 
    o‘zini o‘zlashtirishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Ushbu mashqdan ko‘zlanadigan 
    maqsad material va o‘qitish vositalari orqali aynan bilish jarayonini anglashdan iborat 
    bo‘lishi mumkin. 
    Ko‘rsatib o‘tilgan izlanishlar topshiriqlari savollarga yodlangan darslik 
    matnidan yoki o‘qituvchining tushuntirishidan tayyor holda olingan javoblarni 
    qaytarish emas, balki har bir savolga tegishli javob topishni tavsiya qilishdan 
    iboratdir. Ular aslida evristik-ta'limiy savollardir. Ana shu maqsadda quyidagi 
    topshiriqlarni tavsiya etish mumkin: 
    a)
    kuzatish materiallarini yoki o‘qituvchi bergan mavzu boyicha to‘plangan 
    faktlarni tizimlashtirish: asosiy masalalarni ajratish, reja tuzish, faktlarni 
    guruhlashtirish; 
    b)
    taqqoslash va umumlashtirish, xulosa chiqarish va uni asoslash; 
    v) bilimlarni qo‘llash: yangi faktlar va misollar bilan tasdiqlash, yangi hodisani 
    o‘rganilgan hodisa darajasida tushuntirish. 


    126 
    Kuzatishlar, amaliy ishlar, tajribalar, eksperimentlar davomida yaxshi 
    o‘zlashtirilgan bilimlarni emas, balki ularni qo‘llashni ham talab qiladigan savollar va 
    muammolarni o‘z ichiga oladi, murakkabroq izlanishlar amalga oshiriladi. 
    Darsda 
    bilishdagi 
    mustaqillikning 
    rivojlanishi avval o‘qituvchining 
    yordamidan, darslik, ma'lumotnoma, lug‘at, shaxsiy kuzatish va tajribalardan 
    foydalanib, savollarga mustaqil holda javob topish ko‘nikmasini egallash, keyin esa 
    hech qanday yordamsiz o‘rganilgan materialga mustaqil holda savollar qoyish 
    ko‘nikmasini egallash asosida amalga oshadi. Keyinchalik o‘quvchi boshqacha 
    sharoitda namunaga taqqoslab, topshiriqlarni hal qilish va savollarga javob berish 
    ko‘nikmasini o‘zlashtiradi. 
    Bunda induktiv va deduktiv mushohada yuritish ko‘nikmasi tarkib topadi. 
    Umuman olganda, darsliklar bilan ishlash natijasida o‘quvchi fanlar sohalari boyicha 
    bilimlarni egallash bilan birga, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining tub 
    mohiyatini tushunib yetadilar. Bunda, ayniqsa, o‘qituvchining roli kattadir. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish