115
variantlarini yaratish bugunning talabi hisoblanadi. To‘g‘ri, biz u yoki bu shaklni
tavsiya qilmoqchi emasmiz, bu boradagi muammoning yechimi tilshunoslik ilmi
bilan shug‘ullanadigan olimlarimiz hukmiga havola.
2017- yilning oktyabr oyida o‘zbek tiliga “Davlat tili maqomi” berilganligining
28 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti
universitetida konferensiya tashkil etildi. Konferensiyaning kun tartibidagi
masalalarida ayni imlo va alifbomizdagi ayrim muammolarga tuzatishlar kiritish
borasida yagona to‘xtamga kelinmadi.
Hozirda umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani darsliklarining
aksar qismi yangi tahrirdan chiqish arafasida. Ajabmaski, yangilanadigan
darsliklarimizda biz fikr yuritgan masalalarga ham alohida e’tibor qaratilsa.