112
natija.
Kalit so‘zlar:
Ona tili darslari, savodxonlik, unlilar tizimi, didaktik o‘yinlar,
Dunyo tillari orasida turkiy tillar oilasining ham tutgan o‘rni va o‘z ahamiyati
bor. Barchamizga ayonki, ma’lum til haqida to‘xtalar ekanmiz, avvalo uning ijtimoiy
hayotdagi roliga e’tiborni qaratish lozim. Turkiy tilning boyligi, go‘zalligi,
jozibadorligi va nutqda qo‘llanilayotgan har bir so‘zning o‘z mohiyati mavjudligi
haqida ushbu tildan unumli foydalangan Alisher Navoiy hazratlari ham to‘xtalib
o‘tgan. Davrlar o‘tishi bilan turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining
tovushlar tizimi ba’zi imloviy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, unli va
undosh tovushlarimiz tizimidagi muammoli holatlar bugungi kun o‘quvchisini ham
chalg‘itib qo‘ymoqda, nazarimizda.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limni yanada rivojlantirish borasida bir qator
chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, qonun va qarorlar qabul qilinayotganligi sir
emas. 2017 yil 15 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom ta’lim
sohasidagi yangilanishlar va tuzatishlarni ko‘zda tutadi. Yuqoridagilardan kelib
chiqib, tilimizdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish fursati yetganligiga e’tiborni
qaratish lozim.
Ta’limning barcha bosqichlarida ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tiliga e’tibor va
hurmat ham oliy darajaga ko‘tarilishini talab etadi. Umumta’lim maktablarining 5-
sinf ona tili darsligida nutq tovushlari mavzusini o‘rganish belgilab qo‘yilgan.
O‘quvchining yoshidan kelib chiqilganda ham bu davrda har qanday o‘quvchi
qiziquvchan va intiluvchan bo‘ladi. Ammo adabiy tilimiz normalaridan kelib chiqib
o‘quvchiga to‘laligicha ma’lumot berishga o‘qituvchi-pedagoglarimiz ham
qiynalishmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflari uchun ona tili
darsligida “Tilimizda oltita unli tovush bor: