|
2024-yil-Кафедра-конференцияси pdfBog'liq 2024-yil-Кафедра-конференцияси 1“Tez javob” o‘yini.
O‘qituvchi qator oralab yurib, o‘quvchilardan birini
turg‘izadi va “Inson nima uchun hammadan kuchli” matni yuzasidan birorta so‘z
beradi. O‘quvchi shu matnga kiruvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob uchgacha
sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. O‘yin toki
bitta o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda
hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan
kuzatishga o‘rganadi, atrofdagi sodir bo‘ladigan voqea va hodisalarga qiziqishi
ortadi. Bu o‘yindan dars davomida, dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.
“To‘g‘ri yozgan g‘olib bo‘lar, yaxshi ilm-u tolib bo‘lar”
o‘yin-
topshirig‘idan foydalansa bo‘ladi. Bu o‘yinni o‘qituvchi “Ozon qatlami”
audiomatnidagi lug‘atlar bilan bog‘lasa bo‘ladi. So‘zlarni talaffuzi bo‘yicha
(azon,
malukula, xilor, frion, sovutgich, krim kabi)
taxtaga yozadi va ularni imlo qoidasiga
muvofiq yozishni talab etadi. So‘zlarni to‘g‘ri yozgan o‘quvchilar o‘yin sharti asosida
g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari mumkin.
“Nuqtalar o‘rnini so‘zlar bilan tez to‘ldir” o‘yini. O‘qituvchi o‘quvchilar
hukmiga “Bog‘im” she’ridan umumiste’mol so‘zni beradi-da, shu so‘zning barcha
ma’nodoshlari o‘rniga nuqtalar qo‘yib chiqadi. O‘quvchilar nuqtalar bilan ajratilgan
nechta so‘z o‘rni bo‘lsa, uni ma’nodosh so‘zlar bilan to‘ldirishadi. Masalan, nihol, ...,
..., ...; odam, ... , ... , ... ; orzu ..., ..., ; chiroyli, …, …, … .
Xulosa qilib aytganda o‘qituvchi ta’lim jarayonida eshitib, ko‘ribgina qolmay,
balki dars mavzusi, mazmunini o‘rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini
ta’minlashi zarur. O‘qituvchi faqat o‘qitibgina qolmay, o‘quvchini mustaqil mutolaa
qilish orqali ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim. Agar o‘qituvchi
interfaol metod va didaktik o‘yinlar mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini
o‘qib, o‘rganib, o‘zlashtirib, o‘z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan
Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilgan o‘quv dasturlarini to‘la
o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishini taminlaydi.
|
| |