95
1-
variant
: Oo, Ii, Uu, Aa, O‘o‘
2-
variant:
-Lo, -no, -to, -mi, -un, -in
3-
variant
: Bola, lola, ona, zar, par
4-
variant:
Bugun havo issiq.
«So‘zning boshiga bir tovush qo‘shib yangi so‘z hosil qilsh» o‘yini
.
Bu o‘yinning talabiga asosan o‘quvchi ma`lum bir olingan so‘zning boshidan
bir tovush qo‘shib yangi so‘z hosil qiladi. Ba`zi undosh bilan boshlangan so‘zdan
avval unli tovushni qo‘shish yoki unli bilan boshlangan so‘zdan oldin undosh tovush
qo‘shish orqali yangi so‘z hosil qilinadi.
Son - o +son
o‘lka- yo‘lka
ola - lola
ota -bota - nota
ayiq- qayiq
or– bor - tor
o‘roq – so‘roq
osh - qosh– mosh .
Ushbu o‘yinda ayrim so‘zlarga tovush qo‘shish orqali bitta so‘z hosil qilish
mumkin bo‘lsa (son- oson ) , ba`zi so‘zlardan bir qator so‘zlar tuzish mumkin.
O‘yinni butun sinf bilan ham, o‘quvchilar guruhlari tuzib musobaqa tarzida ham
o‘tqazish mumkin.