• Kuzatish metodi
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    "6x6x6 " metodi 
    "6x6x6" metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan 
    faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, 
    guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish 
    mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan 
    ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 
    muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta 
    tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan 
    vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o‘z jamoadoshlariga guruhi 
    tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib 
    beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
    "6x6x6" metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: 
    -
    guruhlarning har bir a'zosining faol bo‘lishiga undaydi; 


    88 
    -
    ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi; 
    -
    guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil 
    qiladi; 
    -
    ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini 
    himoya qilishga o‘rgatadi. 
    Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) 
    mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma'ruzachi sifatida 
    faoliyat olib boradi. 
    Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha 
    guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida "6x6x6" metodi 
    qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda 
    munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z 
    yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki 
    bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud. 
    "6x6x6" metodidan ta'lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, 
    pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish 
    layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq 
    yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. 
    Bu metodyordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 
    1.
    O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul 
    qo‘yib chiqadi. 
    2.
    O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni 
    guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z 
    o‘rinlariga j oylashadilar 
    3.
    O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini 
    e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, 
    munozara jarayoni tashkil etiladi. 
    4.
    O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh 
    a'zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘ruqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan 


    89 
    berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng 
    guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 
    Kuzatish metodi
    - ob’ektni o‘rganishda unga ta’sir etmasdan bilish metodidir. 
    Bunda ob’ektning xossasini, qayd etish va o‘lchash bilan chegaralaniladi, uning 
    o‘zgarishi kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari 
    bizga real ob`ektlarning ob’ektiv xossa va aloqalari haqida ma’lumot olish 
    imkoniyatini beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va xohish- 
    irodasiga bog‘liq emas. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish