80
2-
variant: Ibratjon yozgi ta’til kunlarida buvisinikiga dam olgani bordi. U
qishloqda o‘rtoqlari bilan qor bo‘ron o‘ynadi. Buvisiga sigirlarga don berishda
yordamlashdi. Buvisi sigir sog‘ayotganda sigirning uloqchasini ushlab turdi.
3-
variant: Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi
bajardi. O‘qituvchi uni maqtadi va “nol” ball qo‘ydi. Abdulla yaqinda 2-sinfni
tugatib, 1-sinfga o‘tdi.
“Oltin toj”
Ushbu o‘yinni oyda bir marta o‘tkazib turish o‘tilgan mavzularni
mustahkamlashga, o‘quvchilar bilimining darajasini aniqlashga, bilim olish
ishtiyoqini, intilishini kuchaytirishga yordam beradi. Biroq yil davomida oltin toj
sovrindori bo‘lib yurish kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga ko‘tarinki ruh beradi,
ularning darsga, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, dars jarayonida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olib, ta’limiy o‘yinlardan foydalanish samarali natijalarni qo‘lga kiritishga
yordam beradi.