86
"Yalpi fikriy hujum " metodi
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha
o‘n (20- 60) nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin.
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun
sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga
olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil to pshiriq
yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh
a'zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi)
o‘qituvchi va boshqa guruhlar a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho
beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning
yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e'lon qiladi.
Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari
darajasiga ko‘ra baholab boriladi.