• BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: 
    Barkamol fayz media, 2018 
    2.
    Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: Алишер Навоий 
    номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2010 
    3.
    Matchonov S., G‘ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlang‘ich 
    sinflarda o‘qish darslarini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish. – T.: 
    Yangiyul poligraph service, 2008. 


    77 
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN 
    FOYDALANISH 
     
    Yuldasheva Nasiba Zokirovna 
    Kattaqo‘rg‘on tuman 41- maktab o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya. 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik 
    o‘yinlardan foydalanishning metodik xususiyatlari yoritib berilgan. Boshlang‘ich 
    ta’lim jarayonida 4K ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar 
    sharhlangan. Didaktik o‘yinlardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar berilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    Boshlang‘ich ta’lim, o‘yin, didaktik o‘yin, o‘quvchi faoliyati, 
    ijodkorlik, o‘yin qoidasi, hamkorlik. 
    Boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. O‘yinsiz tom 
    ma’nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. O‘yin o‘quvchilarda bilimga 
    ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir. O‘yin - boshlang‘ich sinf 
    o‘quvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - o‘qituvchilar, 
    tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. O‘yin vositasida 
    o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar 
    bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati 
    shakllanadi. 
    O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va mehnat 
    faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy 
    xususiyatlar shakllanadi. O‘yin orqali bolalar borliqni o‘rganadi va dunyoni 
    o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib, o‘yin inson faoliyatining shakllanishiga 
    asos soladi. O‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. 
    O‘yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta’sir etish 
    ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda mustaqil 
    fikrlashni tarbiyalashning eng to‘g‘ri va samarali metodidir. U ma’lum bir materiallar 


    78 
    yoki shart-sharoitlarni talab etmaydi, balki o‘qituvchidan o‘yinni tashkil etish 
    sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish