Masalan:Multimediyalardan namunalar
BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH JARAYONIDA
O‘YINNING AHAMIYATI
Ravshanova Xafiza Komilovna
Sam vil PYMO‘MM o‘qituvchisi
xafizakomilovna@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida o‘yinning
ahamiyati haqida, o‘yin turlari va maktabagcha ta’lim tashkilotlarida o‘yinlarni
o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
bola, o‘yin, maktabgacha ta’lim tashkiloti, sahnalashtirilgan
o‘yinlar, ijodiy o‘yin, tarbiyachi, rivojlanish.
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir.
Ilmiy asoslangan o‘yinlar MTTda bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli
sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o‘rin
egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni
68
muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. Shuningdek,
bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni
cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas. MTT tayanch dasturida har kungi
kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir
qatorda o‘yin ham kiritilgan. O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik
guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va
nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, o‘yqudan keyin
o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil etish
tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular
asosan, mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi.
O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar
mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida
o‘zlashtirish shakli. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin
sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs
faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning
shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba,
o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy
qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O‘yin shaxsni tarbiyalash,
rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli
o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib
kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni
rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va
estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi.
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli
sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv,
mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab
beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTT (maktabgacha ta’lim
tashkiloti)ning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik
69
jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon
bo‘ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab u uchun o‘rab turgan tevarak-atrofni
bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining barcha xilma-xilligi bilan unga
yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan jihatga o‘z munosabatini bildirish
imkonini beradi. Bola – o‘sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir.
O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi.
O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin,
mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, o‘yqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli
o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot
o‘rtasida harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg‘ulotning
mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan foydalaniladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yicha qo‘yiladigan
o‘yin, rolli, didaktik o‘yinlar kiradi.
O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika
fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali
bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat
usullari, axloq me’yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladi.
O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari
shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O‘yin jarayonida
bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu
rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola
o‘ynayotganida kishilar mehnati, ular-ning aniq harakatlari, munosabatlari
to‘g‘risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga
savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va
tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning
70
tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga,
boshqa millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin
orqali tarbiyachi bolalalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik
kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-
biriga bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi maktab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi
bolalarning o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi.
O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga,
o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.
MTTda tashkil etiladigan bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati, tashkil
etilishiga ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki turga ajratish mumkin:
Ijodiy o‘yinlar qat’iy belgilangan qoidalarga ega bo‘lmagan va o‘yin
qoidalarini bolalarning o‘zlari o‘yin jarayonida belgilaydigan o‘yinlar sanaladi.
Odatda, bu kabi o‘yinlarni bolalarning o‘zlari o‘ylab topadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
ijodiy o‘yinlar bir necha turli bo‘ladi. Ular Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ega
aks ettiruvchi faoliyatdir.
Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin
mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o‘yinlarning o‘ziga xosliigi
ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. Buning uchun,
albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishi
lozim. Masalan: bolalar “parovoz” o‘yinini o‘ynashmoqchi bo‘lishadi. Bunga
o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet
bolalarning bilimiga bog‘liq bo‘ladi. Bolada avval g‘oya tug‘iladi, keyin mazmuni
rivojlanadi. Ba’zan bolalar o‘yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar.
Masalan: ular orasidan kim “parovoz”bo‘lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi,
qayerga borganda navbat almashishlarini oldindan kelishib olishadi.
-Ijodiy o‘yinlar.
-Qoidali o‘yinlar
MTTda qo‘llaniladigan bolalar o‘yinlarining asosiy turlari
-Syujetli-rolli o‘yinlar Sahnalashtirilgan o‘yinlar
71
-Qurilish-yasashga doir o‘yinlar
Syujetli-rolli o‘yinlarda tarbiyachi yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiyachi
bolalarning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy tomonlarini
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo‘nalishda tarbiyalab
borishi lozim. Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilishda quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratishi lozim. Masalan:
1)
bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilish va har doim
kuzatib borishi lozim;
2)
tarbiyachi bolalarning o‘yin davomidagi muloqotlari, xatti-harakatlarini
muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning qiziqishlari,
xohish-istaklarini bilib olib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, ijobiy xususiyatlarini yanada
rivojlantirish imkonini beradi;
3)
syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynash uchun ma’lum joy ajratish lozim;
4)
o‘yin jarayonida kerak bo‘ladigan o‘yinchoqlarni bolalar mustaqil o‘zlari
yasashlari uchun ularga kichkina yog‘och bo‘laklari, mix, loy, qog‘oz, karton, bo‘yoq
va kerakli asboblar – bolg‘acha, qo‘larra, qaychi, pichoq kabilarni be-rish kerak.
Biroq o‘yinchoqlar yasash ustida ishlash faqat tarbiyachining rahbarligi ostida
bajarilishi lozim;
5)
o‘yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalarni o‘ynashga o‘rgatish
usullaridan biridir; tarbiyachi bolalarning rolli o‘yinlari mavzusini boyitibgina
qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak;
6)
tarbiyachi bolalarning barchasi o‘yinga qatnashishlari to‘g‘rsida g‘amxo‘rlik
qilishi kerak; o‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan kelisha olmay
qoladi; bolalarni bu kabi kelishmovchiliklarni haqqoniy echishga o‘rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida
ma’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan
so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo‘lib, bolalarda iroda, intizom, o‘z
harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni
72
tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1)
ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak;
2)
asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil
bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim;
3)
asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak;
4)
asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur;
5)
asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II
bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini
o‘qib berish.
III
bosqich. Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib
berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar
namoyish etish.
IV
bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli
materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan: o‘rta
guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari
uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning
kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Bolalarning qurilish, buyum
yasash o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinning tarkibiy qismidir. Biror
narsani qurish bolalarni o‘z fikrlarini ro‘yobga chiqarish usulidir.
Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda bolalarning texnikaga
qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy
xususiyatlari bilan tanishadilar.
|