"Fikrlarning shiddatli hujumi " metodi




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/88
Sana19.06.2024
Hajmi2,09 Mb.
#264375
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Bog'liq
2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

"Fikrlarning shiddatli hujumi " metodi 
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan 
hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. 
Metodning mohiyati quyidagidan iborat: 
-
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining 
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish; 
-
o‘quvchilarda ma'lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari 
surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat. 
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodidan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot 
quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 
1-
bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida 
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish; 
2-
bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar 
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash; 


87 
3-
bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi 
(topshiriqlar hal etilishi); 
4-
bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal 
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish; 
5-
bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya'ni ularning 
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan 
bayoni etilishi kabi mezonlar asosida baholash
6-
bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan 
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida 
yagona xulosaga kelish. 
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi: 
-
o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga 
erishish; 
-
vaqtni iqtisod qilish; 
-
har bir o‘quvchini faollikka undash; 
-
ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Fikrlarning shiddatli hujumi " metodi

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish