• “Kim ko‘p so‘z biladi”
  • “Jumlani davom ettiring”
  • “Kim nima qiladi”
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    “O‘zim tekshiraman” 
    Bunday o‘yinlar o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. 
    Bunday o‘yinlarni har bir boshlang‘ich sinfda darsning avvalida o‘tkazish mumkin. 
    O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar 
    yozib bo‘lishgach o‘qituvchi hattaxtaga diktant yozib ko‘rsatadi. Diktant hattaxtaga 
    oldin yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa 
    o‘qituvchi yozganiga qarab o‘zlarining diktantini tekshiradi. 
    “Kim ko‘p so‘z biladi” 
    Bu o‘yin o‘quvchilarning lug‘at boyligini o‘stirishga yordam beradi. Buning 
    uchun sinf ikki guruhga bo‘linadi va 1-guruh o‘quvchilariga boshlanishi va 
    tugallanishi bir xil unlidan tashkil topgan, ikkinchi guruhga esa xuddi shunday: bir xil 
    undosh bilan boshlanib , shu undosh bilan tugallangan so‘zlarni doskaga yozish 
    topshiriladi. 
    Masalan: 1-guruh “ikki”, “alla”, “ukku”, 2-guruh esa “qiziq”, “katak” kabi 
    so‘zlarni yozishi mumkin. O‘yin shartiga ko‘ra, guruhlardagi o‘quvchilar navbat 
    bilan shartni bajaradilar. So‘z topolmay yozishdan to‘xtab qolgan guruh yutqazgan 
    hisoblanadi. 
    “Jumlani davom ettiring” 
    O‘yin qoidasiga ko‘ra, birinchi o‘quvchi qisqa biror gap aytadi, boshqa biror 
    o‘quvchi aynan shu gapga boshqa biror gap qo‘shib boraveradi. 
    Masalan: 
    1-
    o‘quvchi; Men hikoya qildim. 
    2-
    o‘quvchi; Men qiziqarli hikoya o‘qidim. 
    3-
    o‘quvchi; Men kecha qiziqarli hikoya o‘qidim va h.k. 
    So‘z qo‘sha olmagan yoki hatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi o‘yinni tark etadi. 6-7 
    daqiqa mobaynida o‘yin davomiyligini ta’minlab turgan o‘quvchilar g‘olib bo‘ladi va 
    baholanadi. 


    79 
    “Kim nima qiladi?” 
    O‘quvchilar guruhga bo‘linadi va har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doskaga 
    taklif etiladi. Birinchi guruh ishtirokchisi “Kim?” yoki “Nima?” so‘roviga javob 
    bo‘ladigan so‘zlarni yozsa, ikkinchi guruh ishtirokchisi “Nima qiladi?” so‘roviga 
    javob bo‘ladigan so‘zlarni qayd etadi. Natijada quyidagi yig‘iq gaplar hosil bo‘ladi. 
    1-
    guruh 
    2-guruh 
    O‘qituvchi 
    O‘qitadi 
    O‘quvchilar 
    O‘qiydilar 
    Qush 
    Sayraydi 
    Shamol 
    Esadi 
    Gul 
    O‘sadi 
    Paxta 
    Ochiladi 
    Yomg‘ir 
    Yog‘adi 
    Quyosh 
    Isitadi 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish