Foydalangan adabiyotlar
1.
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoтi va ifodali o‘qish. Voris-nashriyot.
Тoshkent — 2017
O‘QUVCHILARINI MISTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA
INTERFAOL DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Rustamova Xurshida Ismatovna
Nurobod tumani 2-maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini erkin fikrlashga
o‘rgatishda interfaol o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon
qilingan
Kalit so‘zlar:
Interfaol metod, interfaollik, dars jarayoni, didaktik o‘yin,
o‘qituvchi, o‘quvchi, guruh
Interfaol o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va
93
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega.
Interfaol o‘yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda
aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy,
ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy
ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi .
Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin
fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit,
hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni qanday yengish va
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi .
Interfaol o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa
yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, hisoblash, o‘lchash,
yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish,
guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish yangi bilimlar
olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashga
ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
Interfaol o‘yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi
natijalar beradi.
-
ishtirokchilarni tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash
guruhlar uchun o‘yinlar :
-
ishtirokchilarning soni bo‘yicha –yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh,
sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o‘yinlar :
-
o‘yin jarayoni bo‘yicha
fikrlash, o‘ylash, topa g‘g‘onlik, harakatlar
asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan;
-
vaqt me’yori bo‘yicha - dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan
qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan
o‘yinlar.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
94
1.
O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
2.
Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
3.
O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
4.
Faollashtirish;
5.
O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash:
6.
Do‘stona munosabatlarni shakllantirish;
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
1.
Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar.
2.
Texnika vositalari.
3.
Tarqatma materiallar.
4.
Multimediyalar.
5.
Slaydlar.
6.
Ko‘rgazmali qurollar.
7.
Didaktik o‘yinlar.
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil,
ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida
(motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarni ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali
qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o‘z- o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
|