• Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G‘afforova T. “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Toshkent, “Tafakkur”, 2020-yil.
  • BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI
  • Kalit so‘zlar
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    «So‘z top» o‘yini 
    Omon , makaron , momiq kabi so‘zlarni o‘qituvchi aytadi. O‘quvchilar kesma 
    bo‘g‘inlardan berilgan so‘z tarkibidagi m harfi qatnashgan bo‘g‘inni topadilar. ma-, - 
    mon, -mo, -ma, -mo‘. Shu bo‘g‘inlar asosida yangi so‘zlar tuzish topshiriladi. 
    O‘quvchilar topish mumkin bo‘lgan so‘zlar. 
    -ma -mon 
    -ma 
    -mo 
    mana omon 
    nima 
    omonat 
    mashina tomon 
    naima 
    momo 
    Malika kamon 
    olma
    xurmo 
    Mazkur didaktik o‘yinlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga, 
    bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo‘lish, jasur, qat`iyatli bo‘lish, 
    qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi. 


    96 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
     
    G‘afforova T. “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, 
    Toshkent, “Tafakkur”, 2020-yil.
     
    2.
    Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini 
    joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari / Monografiya. – T.: Fan, 2021. 
    3.
    Uralov A. “Interfaol ta’lim”. Guliston, 2022 
    4.
    Uralov A. “Ta`limiy metodik oʻyinlar”. Guliston, 2021 
    BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK 
    O‘YINLARNING AHAMIYATI 
     
    Shukurova Gulnora 
    Samarqand tumani 3-maktab o‘qituvchisi 
    Annotatsiya. 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini erkin 
    fikrlashga o‘rgatishda interfaol o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari 
    bayon qilingan. 
    Kalit so‘zlar:
    , interfaollik, dars jarayoni, interfaol metod didaktik o‘yin, 
    o‘qituvchi, o‘quvchi, guruh 
    Boshlang‘ich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni 
    beqiyosdir. O‘yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. O‘yin 
    o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir. O‘yin 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar, 
    o‘qituvchilar, 
    tarbiyachilar, 
    ota-onalar 
    tomonidan 
    qo‘llaniladigan 
    usul. 
    O‘yinvositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli 
    xilpredmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala 
    madaniyati shakllanadi. O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda 
    kelgusidao‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga 
    kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O‘yin orqali bolalar borliqni o‘rganadi 
    vadunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o‘yin inson faoliyatining 
    shakllanishiga asos soladi. O‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon 


    97 
    qiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning 
    dunyogata‘sir etish ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi. 
    Maktab yillarida o‘yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O‘quvchilarning 
    o‘yin faoliyati juda ko‘p soha olimlarining, ya’ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, 
    san’atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. 
    Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga egadeb 
    qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda vao‘zaro 
    ta’sirda shakllanadi. O‘yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq bosqichiga 
    o‘tish uchun muhim zamin yaratadi. 
    Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion 
    modeliyaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turlaridan 
    muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda 
    faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Didaktik o‘yinda 
    o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olgan ta’limiy vazifalarning bo‘lishi 
    muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o‘yinlarning u yoki bu shaklini yaratar 
    ekan, uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to‘playdigan turlariga e‘tibor 
    qaratishlari lozim. Didaktik o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan 
    muhim belgilari uningtarkibi qat’iyligidir. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy 
    komponentlari quyidagilar: o‘yinmantig‘i, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi. 
    O‘yin mantig‘i asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida 
    o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga, o‘quvchilarning o‘z qobiliyatini namoyon 
    qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini 
    qo‘llashga imkoniyat yaratiladi. 
    O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U 
    o‘quvchilar xulqini ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik 
    o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finalini, ya’ni uning tugaganligini 
    bildiradi. O‘yinda ma’lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi 
    o‘quvchilarda ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar 
    hamma vaqt ham o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi yoki 


    98 
    o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatgichi hisoblanadi. Didaktik 
    o‘yinlarning hamma tarkibiy komponetlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ulardan 
    birortasining bo‘lmasligi mumkin emas. 
    Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda 
    didaktik o‘yinlardan keng foydalanish an’analari o‘qituvchilarning amaliy tajribalari 
    va olimlarning ishlarida rivojlantirildi. Chex pedagogi Y.A. Komenskiy o‘yinni bola 
    faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va 
    qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har 
    tomonlama o‘stirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, 
    nutqini o‘stirishini ta’kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yin uni 
    tengdoshariga yaqinlashtiradi. 
    Bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlardan ikki yo‘nalishda foydalaniladi: 
    barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda. O‘yin o‘quvchi 
    faoliyatining asosiy shaklidir. O‘yin – muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo‘lib, 
    unda o‘quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof-olam haqidagi 
    tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchining 
    turlituman qobiliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta‘sir 
    ko‘rsatadi. 
    Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega 
    bo‘lgan o‘yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida ma‘lum sifatlarni shakllantirishga 
    xizmat qiladigan o‘yinlarda aniq qoidalar berilgan bo‘ladi. Tayyor qoida va 
    mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo‘ladi: o‘yin g‘oyasi va 
    vazifasi o‘yin ta‘sirida amalga oshiriladi. O‘yin g‘oyasi (yoki vazifasi) va o‘yin ta’siri 
    o‘yinmazmunini tashkil etadi; o‘yin ta’siri va o‘ynayotganlar munosabatlari o‘yin 
    qoidasiasosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o‘yin mazmuni o‘quvchilarni o‘yinni 
    mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi. Didaktik o‘yinlarni uch turga ajratish 
    mumkin: og‘zaki, so‘zlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, 
    mashq(harakatli) o‘yinlar. 


    99 
    Didaktik o‘yinlar uchun o‘yin g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga 
    ega. Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani 
    bajarish jarayonida o‘yin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi o‘yin 
    ta‘sirini amalga oshirish va o‘yin vazifasini qo‘llashga yordam beradi. Qoidani 
    bajarish jarayonida o‘yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi. 
    Didaktik o‘yinda o‘quvchi qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi. Chunki qoidalarga 
    rioya qilish o‘yin muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. O‘yinda qatnashish jarayonida ijobiy 
    xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi. 
    Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik o‘yinlarni uch turga 
    ajratish mumkin: predmetli o‘yinlar, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar, so‘zlar 
    vositasida o‘ynaladigan og‘zaki o‘yinlar. 
    Predmetli o‘yinlar – xalq didaktik o‘yinchoqlari, turli tabiiy mozayka 
    materiallari yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar. Bular yordamida o‘qituvchi o‘yin 
    turlarini belgilaydi. Masalan, tabiiy materiallar bo‘laklaridan butun manzarani hosil 
    qilish, 
    Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar atrof-muhit haqidagi tasavvurlarning 
    kengayishiga, o‘quvchilarni bilimga qiziqtirishga, tafakkur jarayonlarini (analiz, 
    sintez, umumlashtirish, tasniflash va boshqalar) rivojlantirishga xizmat qiladi. Stol 
    ustida o‘ynaladigan o‘yinlarning bir necha turlari mavjud: o‘xshash suratlar, loto, 
    domino, kesma suratlar, taxlama kubiklar. 
    Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashning eng to‘g‘ri 
    va samarali metodidir. U ma’lum bir materiallar yoki shart-sharoitlarni talab etmaydi, 
    balki o‘qituvchidan o‘yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. 
    O‘yinning ma‘lum bir tizim va metodika asosida tashkil etilishigina o‘quvchilarda 
    mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. O‘yin mashg‘ulotlari 
    ta’lim jarayonida o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalariga 
    tayanadi va shundagina o‘quvchilar o‘yinning samarali yechimlarini topabiladilar, 
    o‘zlari va atrofdagilarga talabchanlik namoyon qiladilar. 


    100 
    O‘yindan ta’lim shakli sifatida foydalanish o‘qituvchidan o‘ziga ishonch va 
    o‘yinni qo‘llashda mohirlik talab etadi. 
    Didaktik o‘yinlar bir qancha vazifalarni bajaradi: 
    -
    ta’limiy, tarbiyaviy (o‘quvchi shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi, tafakkurini 
    rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi); 
    -
    qo‘llanuvchanlik (aniq vaziyatda har qanday o‘quv topshiriqlarini bajarish 
    uchun bilimlarni qo‘llay bilish); 
    -
    motivni qo‘zg‘ash, qiziquvchanlikni oshirish o‘quvchilarni bilish faoliyatiga 
    qiziqtiradi, rag‘batlantiradi, bilish qiziquvining rivojlanishiga yordam beradi 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish