101
turli xil metodlarni qo‘llash lozim. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim
jarayoniga tatbiq etish haqida gap borganda interfaol usul didaktik o‘yinlarning o‘quv
jarayonida qo‘llanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning
zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning interfaol metod va didaktik
o‘yinlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi.
Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga
muvofiq. Faqatgina o‘qituvchi emas, balki o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quvchi ham
faol bo‘lishi hozirgi kunning talabi hisoblanadi [1]. Bolalarga dars jarayonlarini turli
xil ko‘rnishdagi metodlar, o‘yinlar orqali ularga tushuntirib ularni psixikasiga mos
dars jarayonlarni tashkil qilamiz.
Interfaol usul va didaktik o‘yinlar orqali o‘tilgan darslar o‘quvchini ijobiy
fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga,
hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metod
orqali o‘tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki
mazmunni o‘zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o‘quvchi
va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning
maqsadi bo‘lgani kabi interfaol usullarni qo‘llashdan maqsad bo‘ladi. Interfaol
usulning bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali
o‘quvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. Bunday darslar shunday
kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan,
ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq, oydin bildirish imkoniyatlariga ega
bo‘ladilar. “FSMU”,“Sinkveyn”,“Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”, “BBB”, “6x6x6”,
“Zig-zag”, “Kungaboqar”, “Blits”, “Yelpig‘ich”, “O‘ylang texnikasi”, “Skarabey”,
“O‘rmonda va hovlida” “Yumaloqlangan qor”, “Quyoshli kun”, “Oltin xazina”
“Dominanta” [2] va boshqa metodlardan foydalangan holatda “Ona tili va o‘qish
savodxonligi” darsligidagi mavzularni o‘tish o‘quvchilarning bilimini va axloqiy
tarbiyasini oshiradi.