Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Omonov T., Xo‘jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat‖. Toshkent. ―IQTISOD-MOLIYA‖ 2009. 106-
bet.
2.
Usmonova K., Hayitov A. Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish. Toshkent, 2011. 80-b.
3.
Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., va boshqalar. Ona tili va o ‘qish
savodxonligi/ Darslik (1-qism). T: Respublika ta’lim markazi. 2022, 83-bet.
4.
Tolipov U.K., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini
rivojlantirishning pedagogik asoslari. – T., Fan, 2012. 180-b.
105
4-YO‘NALISH
BOSHLANG‘ICH TA’LIM YANGI AVLOD DARSLIKLARI BILAN
ISHLASHDAGI MUAMMOLAR
BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA DARSLARIDA
KO‘RGAZMALILIKNING AHAMIYATI VA UNI QO‘LLASH
IMKONIYATLARI
Jonzoqova Barno Sobir qizi
Tayloq tuman 1- maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta'limdagi roli o‘quvchilar-ning
abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir.
Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ulaming
e'tiborini, o‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv
jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash irnkonini beradi.
Kalit so‘zlar:
ko‘rgazmalilik, harakatli o‘yinlar, dinamik, ijodkorlik,
matematik tushunchalar, matematik madaniyat.
Bilamizki, uzluksiz ta’lim tizimining asosini boshlang‘ich ta’lim tashkil
etadi.Agar o‘quvchi boshlang‘ich sinfda yaxshi o‘zlashtirsa, yuqori sinfda ham
qiynalmaydi. Hozirgi kungacha matematika darslarida ko‘rgazmali qurollardan
o‘rinlicha foydalanish va ularning ahamiyatini o‘rganib chiqqan holda, uni yanada
shakllantirmoqchiman. Maqsadim boshlang‘ich sinf matematika darslarida
ko‘rsatmalilikning imkoniyatlarini ochib berish.
Matematika darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv
predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki,
unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham
o‘rganiladi. Matematika boshlangich kursining boshqa oziga xos tomoni nazariy
amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi
bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o quv malakalar singdiriladi. Taniqli olim
J.Ikromov o‘zining "Язык обучения математики" kitobida "Maktab
106
o‘quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bolinadi",-deb
takidlaydi. Birinchi navbatda ular obyektiv tushunchalarning birgalikda tashkil
etadigan mazmuni — matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda ob'yektlarning
aniqlik xususiyatlari bilan tarixiy jihatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida ahamiyat kasb
etadi.
Bu yerda matematik reallik jumlasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ushbu
reallikni o‘quvchilar matematik hisob kitoblarning turmush jarayonidagi ahamiyatini
bevosita bilganlarida ya'ni kundalik turmush bilan bog‘liq misol va masalalarni
bevosita bajarganlaridagina his qiladilar. Demak kundalik turmush bilan bog‘liq
holda matematika o‘qitishni tashkil etish o‘quvchi faoliyatida muhim ahamiyatga
egadir. Kundalik turmush bilan bog‘liq misollar yechish asosida o‘quvchi matematik
bilimlar shunchaki o‘zlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida
o‘zlashtirilishi lozimligi to‘g‘risida xulosa qiladilar.
Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi:
-yangi materialni o‘tish;
-o‘tilgan materialni mustahkamlash;
-bilimlarni mustahkamlash;
-bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish;
- mustahkam o‘quv va malakalar hosil qilish va hokazo.
Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni Shundaki, bu-o‘quv
materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar, o‘qitishning faol
metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog‘liq.
Matematika darsida turli tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi.
O‘quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda
tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va sof vijdonlilikni, to‘g‘ri va aniq so‘zlashni,
hisoblash, o‘lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni
yengish xislatlarini tarbiyalaydi.
107
Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta’limdagi roli o‘quvchilar-ning
abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir.
Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ulaming
e'tiborini, o‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv
jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash irnkonini beradi,
ya'ni: ko‘rsatmalilikdan foydalanish samarali bo‘lishi uchun eng oldin nazariyaning u
yoki bu masalasi qaralayotganda foydalaniladigan ko‘rsatmali materialni tanlashni
o‘ylab ko‘rmoq kerak.
Ko‘rsatma materiallami tanlashga nisbatan qo‘yiladigan talablarni qarab
chiqamiz:
a)
yetarlicha miqdorda ko‘rsatma material bilan ta'minlash, bulami tahlil qilish
asosida o‘quvchilar kerakli umumlashtirishlarini qila oladigan bo‘lishlari kerak.
Masalan, bolalami 4 sonining hosil bo‘lishi bilan tanishtirishda o‘qituvchi oldindan
bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachani; uchta cho‘pga
bitta cho‘pni qo‘shishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik materiallarda
bajartiradi.
b)
har xil ko‘rsatma materiallar bilan yetarlicha ta'minlash juda muhimdir. Bu
o‘rinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak:
"o‘quvchilarda to‘g‘ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti
beriladigan o‘quv materialining muhim xususiyatlarini o‘zgartinnay saqlagan holda
uncha muhim bo‘lmagan xususiyatlarini turlantirishdan iborat". Masalan,3 soni
predmetlaming o‘zgannas soni (3) kabi tushuncha uchun muhim xususiyatdir,
predmetiaming rangi, o‘lchami, tekislikdagi joylashuvi muhim bo‘lmagan
xususiyatdir. Shu sababli, o‘quvchilami 3 soni bilan tanishtirilar ekan, bir jinsli
predmetlardan iborat to‘plamlardan (bir xil andoza bo‘yicha qo‘yilgan uchburchaklar,
doirachalar va hokazolardan)gina emas, balki har xil predmetlardan (masalan, har xil
rangli va o‘lchamli doirachalar, katta va kichik har xiI ko‘rinishli va har xxii rangli
olmalar) dan iborat to‘plamlardan foydalanish kerak, chunki aks holda bolalarda bir
xil predmetlamigina sanash mumkin, degan noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishi mumkin.
108
c)
matematika o‘qitishda sekin-asta, ammo o‘z vaqtda ko‘rsatmalilikning bir
turidan ikkinchi turiga o‘tishni ta'minlay olishi kerak. Masalan, o‘qitish jarayonida
masalalar shartlarini ilIyustratsiyalashda amalning o‘zini ham namoyish qilish bilan
birgalikda amallami ko‘rsatmay to‘la predmet ko‘rsatmalilikka, so‘ngra esa to‘la
bo‘lmagan predmet ko‘rsatmalilikka o‘tish ta'minlanishi kerak.
Matematika o‘qitishda harakatli, dinamik qo‘llanmalarga afzallik berish
kerak. Harakatli ko‘rsatma-qo‘llanmalar bilan bir qatorda individual ko‘rsatma
qo‘llanmalar ham, har xii didaktik materiallar ham zarur. Boshlang‘ich matematika
o‘qitishda ko‘rsatma-qo‘llanmalaming har xil turlaridan foydalaniladi. Ko‘rsatma-
qo‘llanmalarning turlarini bilish ularni to‘g‘ri tanlash va o‘quv jarayonida samarali
foydalanish imkonini beradi.
Ko‘rsatma qo‘llanmalarni ikkita, ya'ni natural va tasviriy ko‘rsatrna-
qo‘llanrnalarga bo‘lish qabul qilingan. Ko‘rsatrna qo‘llanmalar ma'lum talablarga
muvofiq bo‘lishi, chunonchi ular o‘quv dasturiga, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozirn. Bilim va uquvlarni mustahkarnlash
bosqichida turli-turnan mashqlar uchun ma'lumot jadvallaridan, og‘zaki sanoq uchun
jadvallardan, masalalar tuzish uchun rasrnlar, sxemalar va chizmalardan keng
foydalaniladi. Maternatik amallar xossalarini o‘rganish, ko‘paytirish jadvalini tuzish
va hokazolarda foydalanish mumkin.
Ko‘rgazmalilikning turli xii manbalaridan foydalanish o‘quvchilarni
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‘quv materialini
mustahkam o‘zlashtirishni ta'minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‘rgazmalilik va ko‘rgazma
manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o‘zini ko‘rsatish
imkoni bo‘lsa, maternatikada esa abstrakt xarakterga ega, bo‘layotgan hodisaning
o‘zini aynan ko‘rsata olish imkoni kam. Matematikada ko‘rgazmalilik:
a)
ko‘rsatilayotgan ob'yektlar to‘plamining elementlari sifatida qaraladi, ular
ustidan ba'zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‘qituvchi savatdagi olma,
109
daraxtdagi qushlar haqida gapirganda, olmaning yoki qushlaming qandayligi haqida
to‘xtalmaydi, balki ulaming soni va sonli munosabatini aniqlaydi.
b)
u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda, uning shaklini yoki narsaning
miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli munosabatini o‘z
holicha va shakllarini ko‘rishda ko‘pincha hodisaning aynan o‘zidan foydalanib
bo‘lmaydi.
Shuning uchun o‘qituvchiga turli xildagi ko‘rgazmalilik, birinchi navbatda
modellar, chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o‘qitishning turli xil
bosqichlarida va uning turli xil bo‘limlarida ko‘rgazmalilikda bir xilda foydalanish
kerak emas. Masalan, matematika o‘qitishning dastlabki bosqichlarida to‘plam
elementlari bilan doimo mulohaza qilishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu
ko‘rgazmalilikning roli sekinlik bilan kamaya borib, uning o‘rnini simvollar (raqam,
belgi) egallay boshlaydi. Masalalami yechishda esa ko‘rgazma sifatida narsalar va
ulaming tasvirlari qo‘llaniladi.
Geometriyani o‘qitishda esa fazoviy va shakl munosabatlaming ko‘rgazmasi
sifatida turli xii modellar va ulaming tasvirlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga
o‘qitishning birinchi qadamidayoq o‘quvchilaming tasavvur qilish qobiliyatini
rivojlantirish kerak: cheksiz to‘g‘ri chiziq, nur, burchak va boshqalar haqidagi
tasvirlarni to‘g‘ri chiziqdan boshqa modellar bilan ko‘rsatish imkoni yo‘q.
Ko‘rgazma qurollarga qo‘yiladigan talablar ko‘rgazma samarali bo‘lishi
uchun ba'zi bir talablarga rioya qilishi kerak. Ko‘rgazmali qurollarga qo‘yiladigan
umumiy talablar: mazmunining ilmiyligi, o‘quv dasturiga mosligi, o‘quvchilaming
yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi. Yasalishi va ichki ko‘rinishining ko‘rish
masofasiga mosligi, bajarilishning tozaligi, foydalanish qulayligi, matematikani
tushuntirishga foydaliligi.
Matematika o‘qitishdagi ko‘rgazma manbalari mazmun jihatdan sodda va
aniq bo‘lishi kerak. Bu ko‘rgazma qurollar matematika o‘qitish bosqichlarida ketma-
ket quyidagi tartibda qo‘llaniladi:
a)
atrofdagi mavjud narsalar (sinf xonasidagi narsalar, o‘simliklar);
110
b)
o‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan narsalaming tasvirlari va rasmlari;
c)
shu narsalarning shartli tasvirlari;
d)
sxemalar va hokazo.
Ko‘rgazmalilik prinsipi - ta’lim jarayonida juda keng qo‘llaniladi.
O‘qitishning ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu - ko‘rgazmali
qurollarga tayanish, o‘quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish
va boshqarishdir. Maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan
xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik prinsipi
o‘qituvchiga quyidagi talablami qo‘yadi.
-
O‘quvchi materialini o‘rganish jarayonida hissiy obrazlaming zarurligini
tushunishi kerak.
-
Hissiy obrazlardan mashg‘ulotda o‘quvchilar rívojlanishining mustaqil
sifati jihatida foydalanish hususiyatini aniqlash lozim
-
Mashg‘ulotda hissiy bilimlar qaysi bir ko‘rgazmali qurollar yoki texnikaviy
vositalar yordamida shakllanishini hal qilishi kerak.
-
O‘quvchining bilish faoliyatida tabiatdagi majud narsalami, hodisalami
tasawur qilish qobiliyatiga erishish kerak.
-
O‘quv materiali narsalami, hodisalami umumlashgan uchun shart-
sharoitlar yaratish lozim.
-Bolalar shakllar, ranglar, his qilish orqali fikrlaydi shuning uchun
ko‘rgazmali ta’lim ular uchun muhimdir.
-
Ta’limda hech qachon faqatgina ko‘rgazmalilikka suyanib qolmang u
faqatgina o‘quvchilarda fikrlashni o‘stirishga yordam beradigan vositadir.
-Ko‘rgazmalilikdan faqat ko‘rsatish uchun emas, balki o‘quvchilarni
mustaqil bilim olishlarida ulami tadqiqot- izlanish ishlarini tashkil etishga o‘rgatishda
ham foydalaniladi
111
-Ta’lim va tarbiya berishda shuni yodda tutingki,ko‘rgazmali qurollar
o‘rganilayotgan predmet va hodisalar to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlarni hosil
bo‘lishiga yordam beradi.
-
Ko‘rgazmalilikda doimiy ravishda ketma-ketlikka rioya qiling.
-
Ko‘rgazmali vositalami qoilaganda bolalar bilan uni bir butunligiga, keyin
esa asosiy va ikkinchi darajali tomonlarini ko‘rish kerak.
-
O‘quvchilar bilan birgalikda ko‘rgazmali qurol tayyorlashga harakat qiling
-
Hech qachon o‘zangiz yaxshi bilmaydigan narsalarni ko‘rsatmang.
-Zamonaviy ko‘rgazmali qurollardan o‘quv ko‘rsatuvlari slaydlar, ta’limning
texnik vositalaridan va ulardan foydalanish metodikasim bilish kerak.
|