Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom.- T. 2017 .
2.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.-T.:
O‘zbekiston, 2017.
3.
N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva. Ona
tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. To‘ldirilgan 4-nashr.-
T.: Ma’naviyat, 2015.
BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI OʻQITISHNING
PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Baxronova Nodira Fazliddinovna
Samarqand tumani 43- maktab oʻqituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda texnologiya fanini
oʻqitishning pedagogik mexanizmlari, texnologiya darslarida 4 K moduli asosida,
kompetensiyaviy yondashuv asosida, metod va usullarni tanlash, boshlangʻich
116
sinflarda texnologiya fanini oʻqitishda mavzular mohiyatini yoritish, oʻquvchilarning
olgan bilimlarini kundalik hayotda qoʻllashi toʻgʻrisida atroflicha fikr yuritgan.
Kalit soʻzlar:
boshlangʻich sinf, texnologiya fani, pedagogik mexanizmlar,
kompetensiyaviy yondashuv, kriativlik, kommunikativlik.
Boshlangʻich sinflarda texnologiya darslarida kompetensiyaviy yondashuv
yordamida oʻqitish usullari va metodlarining juda asosiy boyligi birlashgan. Ularni
tanlashda turli sharoitlar, oʻqitilayotgan fanning xarakteri, oʻquvchilarning yosh
xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar nazarga tutiladi. Texnologiya
darslarida kompetensiyaviy yondashuv yordamida metod va usullarni tanlash
oʻqituvchi darsda hal etilishi belgilangan masalaga bogʻliq boʻladi. Texnalogiya
darslarida oʻquvchilarga 4 K modelining kriativlik yani ijodiy yondashiv asosida,
kommunikativlik- zamonaviy yondashish oʻrgatiladi.
Har bir dars oʻquvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi, hamda
mustahkamlashi, ularda barqaror ijodiy koʻnikma va odatlar hosil qilishga yordam
berishi lozim. Texnologiya malakalari koʻp marotaba takrorlanadigan mashqlar
natijasida hosil boʻladi, bunda mashqlar vaqtida har bir mashq vaqtida oʻrnatiladigan
tartib va ish harakati izchilligini sistematik surʼatda tushuntirib berish zaruriyati bilan
birga qoʻshib olib boriladi.
Binobarin, boshlangʻich sinflarda texnologiya fanini oʻqitishda mavzular mazmunini
yoritishda animatsiyalardan foydalanish va kompetensiyaviy yondashuv orqali
oʻqitishning keng imkoniyatlari orqali boshlangʻich oʻquvchilarda kriativlik-
ijodkorlik, kommunikativlik, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini oshirish, garmonik
shakllanishi, fantaziyasini boyitish, badiiy did va estetik qobiliyatni rivojlanishi,
diqqat va tasavvurni aktivlashtirish, rang tasvir uygʻunligini anglash, ajratish kabi
jarayonlarni takomillashtirishga erishish mumkin.
Boshlangʻich sinflarda dastur talablarini toʻliq bajarish va amalga oshirish
uchun, birinchi navbatda, oʻquvchilarda oʻqish malakalarini toʻgʻri va puxta egallash va
albatta rivojlantirib borish zarurdir. Pedagogik mexanizmlari ilk marta
117
kompetensiyaviy yondashuv yordamida oʻqitish vaqtida rivojlanib boradi,
oʻqitishning keyingi bosqichlarida esa shakllanadi.
Taʼlim amaliyotida kompetentlik yondashuvini amalga oshirish mazkur
jarayonning hamma tomonlarini chuqur va har taraflama ilmiy oʻrganishni talab
qiladi. Shu bilan birga, taʼkidlash joizki, kompetentlikni pedagogik fenomen sifatida
talqin qilish qiyin, chunki, kompetentlik kategoriyasi pedagogikaga boshqa fanlardan
kiritilgan boʻlib, u fanlarda yetarli darajada chuqur tushunib yetilgan va oʻzining
mustahkam oʻrniga ega.
Texnologiya fanini oʻqitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yoʻnalishi
ayrim oʻquv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan
foydalanishning maqsadi, oʻqitishning boshqa usullari qoʻllanganda tasavvur qilish,
koʻz oldiga keltirilishi qiyin boʻlgan materiallarni tushunarli boʻlishini taʼminlashdan iborat.
Modellashtirish yordamida oʻquvchilarga maʼlumotlarni grafik rejimda kompyuter
multimediasi koʻrinishida taqdim qilish mumkin.
Boshlangʻich sinflarda kompetensiyaviy yondashuv orqali texnologiya fanini
oʻqitishning koʻchkisimon rivoji natijasida texnologik fan daraxti paydo boʻldi.
Shuning uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga
texnologiya fanini oʻrgatuvchi tizim original va noanʼanaviy fikrlash qobiliyatini, oʻz
ustida tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim. Oʻquvchi
ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni oʻzining ijodiy
mehnati bilan hayratlantira oladi.
Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtish joizki, texnologiya taʼlimini boshlangʻich
sinflarda
kompetensiyaviy
yondashuv
asosida
pedagogik
mexanizmlarni
takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan doimiy takomillashtirish yordamida
oʻquvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan
operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, koʻnikma va malakalarini mustaqil amaliy
faoliyatida qoʻllash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish, mehnat bozorida zarur boʻladigan
kompetentsiyalarni shakllantirishga erishiladi. Oʻquvchilar texnalogiya darslarida 4K
118
modeli asosida har bir detalga krativ, kommunikativ,
kollobaratsiya va kritik tahlil
qiladi.
|