• BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIGA YANGICHA YONDASHISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
  • Tayanch so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    G. Boymurodova va b.q. O‘qish “4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik 
    va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 
    metodik qo‘llanma T-2020K. 
    2.
    Qosimova va b.q. Darslik “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T-2019. 
    BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIGA YANGICHA 
    YONDASHISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH 
     
    Otamurodova Etibor Musurmonovna 
    Samarqand tumani 
    3-maktab o‘qituvchisi 
    Annotatsiya. 
    O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirishda interfaol 
    o‘yinlarning tutgan o‘rni,1-4-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish 
    haqida ham ma’lumotlar yoritilgan 


    127 
    Tayanch so‘zlar
    : Innovatsiya, interfaol, didaktik, texnologiya, zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalar. 
    Hozirgi taraqqiyot bosqichi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogic 
    texnologiyalarning keng qo‘llanilayotganligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun 
    ham ta’lim jarayoniga o‘quvchini o‘qitadigan emas, balki uni o‘qishga, bilim olishga 
    o‘rgatadigan interfaol usullarni qo‘llashga urinish kuchaydi. 
    Ona tili o‘qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, 
    ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni 
    hisoblanadi. 
    Ona tilidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy 
    tushunchalar sistemasini o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadi, til o‘rganishning eng 
    qulay metod va usullarini izlaydi. 
    O‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, 
    mustaqil fikrlash, bahs-munozara yuritish munosabat bildirish ko‘nikmasini 
    shakllantirishi, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda 
    o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va 
    savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, 
    dalil hamda asoslar orqali qoyilgan masalani yaratib berishga harakat qiladi. Bu esa 
    o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. 
    Yangi mavzuni o‘zlashtirishda tanqidiy, tashkiliy yondosha oladi. O‘qituvchi 
    faqat ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos. 
    Ona tili o‘qitishda interfaol dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o‘z 
    ichiga bir qancha metodlarni oladi. Masalan: guruhlar bilan ishlash, test, og‘zaki 
    bayon, mustaqil yoki amaliy ish, lug‘at bilan ishlash, diktant bellashuv, musobaqa, 
    sayohat, krossvordlarni tuzish va yozish savol-javob va boshqotirmalar, hamda 
    boshqalar. 
    Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
    faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o‘zlashtirishni 


    128 
    kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo‘llash 
    dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– 
    norasmiy bahs– munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil 
    o‘qish,o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlarigan. 
    imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun 
    topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. 
    Interfaollik, bu – o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o‘quv- biluv jarayoni 
    o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi – 
    o‘quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o‘zaro faollik, 
    harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi – o‘qituvchi, o‘quvchi – o‘quvchi (subyekti –subekti) 
    suhbatlarida sodir bo‘ladi. 
    Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit 
    va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, 
    qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar 
    shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, 
    o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega 
    bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni hosil bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga 
    havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi . 
    Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali evristik (fikrlash, 
    izlash, topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil 
    qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion 
    texnologialar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi . 
    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslarni o‘tish uchun o‘qituvchi, 
    o‘quvchi ham puxta tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Ya’ni bir mavzuda o‘qituvchi 
    ko‘rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatmali qurollar(kartochkalar), kesma harflar, 
    testlar, boshqotirmalar olib kelishi zarur. Ona tilidan interfaol darslarda boshqotirma, 
    rebuslardan foydalanilsa, ular o‘quvchining tafakkurini charxlaydi, oylashga fikr 
    bildirishga o‘rgatadi. Bular albatta oddiydan murakkabga tomon borishi lozim. 


    129 
    Ona tilidan tashkil etiladigan interfaol o‘yinlar o‘quvchini izlanishga ijadiy 
    faoliyat ko‘rsatishga o‘rganilayotgan til hodisalarning mohiyatini aniqlab hukm va 
    xulosalar chiqarishga undaydi. Interfaol o‘yinlar har bir o‘quvchiga o‘zini nomoyon 
    etish, fikr-mulohazalarni himoya qilish, topshiriqni shavq-u zavq bilan bajarish 
    imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanish zarur bo‘lgan ijodiy sifatlari 
    tezkorlik, sergaklik, qat’iyatlilik, bilimdonlik, mustaqillik, ijodkorlik kabilar 
    ko‘pincha ta'limiy o‘yinlar orqali rivojlantiradi. Interfaol metodlar ta'lim tizimini, 
    bilimlarni o‘zlashtirish va tez anglash uchun xizmat qiladi. 
    Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining samaradorligi o‘qitish 
    metodini to‘g‘ri tanlash, ona tili fanining amaliy yo‘nalishidan kelib chiqib, ta'lim 
    jarayonida ko‘proq o‘quvchini o‘ylashga, fikrlashga undovchi o‘quv topshiriqlarini 
    ishga solish, o‘quvchilarda bilish-o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars 
    shakllaridan foydalanish singarilar bilan bo‘g‘liq o‘quvchini ta'lim jarayonining 
    sub'ektiga aylantirishda ta'limiy o‘yinlar hal qiluvchi omillardan sanaladi. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish