• BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARGA MATEMATIKA DARSLARIDA EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA BERISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
  • Annotatsiya.
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1.
    Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
    javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. - T.: 
    O‘zbekiston, 2017. 
    2.
    Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. 
    Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: 2015. – 87 bet 
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARGA MATEMATIKA 
    DARSLARIDA EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA BERISHNING DIDAKTIK 
    IMKONIYATLARI 
    Kuchiyeva Dildora Abdumannonovna 
    Samarqand tuman 13- maktab o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya. 
    Maqolada boshlang‘ich sinf darslarini integratsiyalashning 
    imkoniyatlari yoritilgan. Matematika darslari orqali o‘quvchilarni ekologik ruhda 
    tarbiyalash va ta’lim berishning didaktik imkoniyatlari o‘rganilgan. Ekologik ta’lim- 
    tarbiya berishning samarali vositalari asoslab berilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    boshlang‘ich ta’lim, hamkorlik, ekologik tarbiya, ekologik 
    ta’lim, faoliyat, integratsiya,natija. 


    179 
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida Fuqarolar atrof 
    tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Yer va yer osti 
    boyliklarini, suv manbalarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlash, bu 
    boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy 
    boyliklarni uzluksiz ko‘paytirib borishni ta’minlash, insonning atrof-muhitni 
    yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko‘rishi zarurligi ta’kidlangan. 
    Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o‘rganib borishlariga asoslanib, 
    kichik yoshdagi o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida o‘z joyi va barcha mamlakatning 
    tabiiy boyliklari to‘g‘risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak.[3.90b.] 
    O‘quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o‘zlarining mehnat 
    faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga 
    odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatish g‘oyat 
    muhimdir. 
    Shu talablarga ko‘ra kichik yoshdagi o‘quvchilarga: 
    -jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish; 
    -odam organizmi va salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumot berish; 
    -tabiatda kuzatishlar o‘tkazish o‘quvi va ko‘nikmalari bilan qurollanish; 
    -tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan 
    insonning mehnat faoliyatini o‘rgatish; 
    -jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. 
    Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish jarayonida 
    dunyoni milliy materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga 
    insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushuntirishni 
    tarbiyalash kerak.[2.89b.] 
    O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, 
    o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. 
    Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitishda og‘zaki, 
    ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. 


    180 
    O‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya haqidagi bilimlarni jamiyatimizdagi har 
    bir insonning hayot va mehnatidagi ulug‘vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch 
    hosil qilishi lozim[3.113b.]. Shunday ishonchni o‘quvchilarda tarbiyalashi zarurdir. 
    Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib keladi: unga 
    nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan uni 
    qo‘riqlash, asrash, tabiat inomlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o‘z 
    qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishga o‘rganadi. 
    Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish bo‘yicha 
    mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, 
    o‘lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur.[2.103b.] 
    Bularning hammasi o‘qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan 
    bog‘liq holda o‘qitish bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana borib, ularni faqat 
    yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishga 
    ham imkon beradi.[2.38b.] 
    Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish elementlaridan biri o‘quv fanlarini 
    ekologiyalashtirish, o‘quvchilarni inson bilan tabiatning o‘zaro ta’sirini, bugungi 
    kundagi ekologik fojianing oqibatlari va ziddiyatlarini anglash hamda tushunishga, 
    ularni sayyoramiz miqyosida fikr yuritishga o‘rgatishdir. 
    O‘quvchilar matematikadan faqat dastur materiallarini o‘zlashtiribgina qolmay, 
    atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga, o‘z 
    xulosalarini asoslashga, matematik til bilan so‘zlashishga urinishlari kerak. Didaktik 
    o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq 
    berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin orqali 
    o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tatbiq eta 
    olishga tayyorlanadilar. Birinchi sinf o‘quvchilariga 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni 
    o‘rgatish jarayonida topishmoqli o‘yinlardan foydalanish o‘rinlidir: 
    Sulton tutdi 13 cho‘rtan 
    A’zam tutdi 4 sazan, 
    Karim tutdi 2 laqqa 


    181 
    Necha baliq chiqdi qirg‘oqqa? 
    (19 ta baliq).) ; 
    Bu topishmoqning javobini bolalar topishadi. Topgan bolalar rag‘bat- 
    lantiriladi. 
    Bolalardan so‘raladi: 
    -
    Baliq qayerda yashaydi? 
    -
    Siz baliqning suzganini ko‘rganmisiz? 
    -
    Baliq nima uchun tutiladi? 
    -
    Qachon baliqlarni tutish mumkin? 
    Bolalar savollarga birin-ketin javob berishadi. Bolalar qiynalishsa, o‘qituvchi 
    yordamlashadi. 
    2-sinf o‘quvchilariga ko‘paytirish va bo‘lish mavzularini o‘rgatish jarayonida 
    “To‘
    g‘ri taqsimlash" 
    o‘yinidan foydalanish mumkin. 
    O‘yinning maqsadi: 
    o‘quvchilarning olgan bilim va ko‘nikmalarini 
    tizimlashtirish, og‘zaki hisoblash malakalarini, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, tabiatni 
    muhofaza qilish haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish. 
    Jihozlar: 
    gul va kapalak rasmlari. 
    O‘yinning borishi: 
    Xattaxta yoniga bir o‘quvchi chiqariladi. O‘quvchi magnitli 
    xattaxtaga 4 ta gul yopishtiradi va har bir gulga 3 tadan kapalak yopishtiradi. So‘ngra 
    ko‘paytirish va bo‘lish amallari orqali ifodalab beradi. O‘yinda 2-3 o‘quvchi 
    xattaxtaga chiqarilib, ularga turli xil o‘yinlar taqsimlab beriladi. Xattaxta yoniga 
    chiqarilgan o‘quvchilarning ishi bolalar tomonidan kuzatiladi. To‘g‘ri taqsimlagan 
    o‘quvchilar ragbatlantiriladi. So‘ngra o‘quvchilar bilan ishkomdagi uzumlar, olma 
    shoxlaridagi mevalar, polizdagi qovun-tarvuzlar haqida suhbat o‘tkaziladi. Bolalar 
    o‘zlari kuzatgan daraxt shoxlaridagi mevalarning taqsimlanishi haqida fikrlaydilar. 
    Bu esa bolani tabiatga bo‘lgan qiziquvchanligini oshiradi. 


    182 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish