Foydalanigan adabiyotlar
1.
uz/elektron-kutubxona/
2.
http://zarnews.uz/uz/post/kitoblarga-mehrim-ozgacha.
3.
http://uza.uz/uz/science/bolalar-kutubxonasi-chorlaydi
200
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARI ORQALI O‘QUVCHILARNI KREATIV
FIKRLASHGA O‘RGATISH
Suvonova Gavhar Kubayevna
Paxtachi tuman 37- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
o‘qish savodxonligi darslari orqali
o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik
imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘qish savodxonligi darslarini tashkil etishning metodik
xususiyatlari yoritilgan. Dars jarayonida o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish
metodikasiga oid metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlari:
O‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash, boshlang‘ich ta’lim,
faoliyat, dars, hamkorlik.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarorida va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712-son
Farmonida 2030-yilga kelib, ta’limi taraqqiy etgan mamalakatlar doirasida reyting
bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish
hamda xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta‘lim sifatini baholashning
milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida o‘quvchilarning
tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va
malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta‘lim dasturlari va yangi
davlat ta‘lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda
tutilgan.
201
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etish orqali
o‘quvchilarda tilga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga o‘quvchilar
egallagan ko‘nikmalarini kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarda qo‘llashlari bilan
bog‘liq fundamental blimlar, tanqidiy fikrlash, kreativlik, muloqotchanlik,
hamkorlikda ishlay olish bilan bog‘liq murakkab masalalarni hal qila olish
ko‘nikmalari, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, maqsad sari intilish,
moslashuvchanlik, liderlik, ilmiy xabardorlik bilan bog‘liq shaxsiy fazilatlar
shakllantirishga olib keladi.
Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. 2020 - yil
23- sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunining 9- moddasida “Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta
ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va
ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan” [1.3] - deb takidlangan.
Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun istiqbolli, ustivor yo‘nalishlardan biri bu
shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida
rivojlantirishdan iboratdir, yani har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga
yo‘naltirilgan tarbiya jarayonidir .
O‘qish savodxonligi fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni
tashiydigan matnlardan iborat. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa
bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham
informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
O‘qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa,
asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar
edi. Endi esa darslikda o‘qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab
oladigan savol va topshiriqlar mavjud.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi darslarini tashkil etishda darslikda
berilgan topshiriqlardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni, eruditsiyani, mantiqiy tafakkurni
rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berilgan. Bunday topshiriqlar bilan ishlashda
o‘qituvchi ta’lim jarayonini mohirona tashkil qilishi kerak.
202
O‘qituvchilik san’ati bolalarni mulohazalar yuritish yo‘li bilan xulosaga, natijaga
etaklashdan iboratdir. Har safar, o‘quvchilar bilan o‘quv topshiriqlari bilan ishlashda
taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ularning aqlini
zo‘riqtiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkuri ulardan o‘rganganlarining
muhimini ajratish so‘ralganda yanada ijodiy ishlaydi. Muhim narsa o‘quvchilarning
o‘zlari aytganlari orasidan qidiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafakkur
va faoliyatdagi mustaqilligining darajasi o‘quv topshiriqlarini bajarishda ham
namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlari bilan ishlashini
zamonaviy yondoshuvlar asosida turlicha tashkil etish mumkin. Eng muhimi o‘quv
topshiriqlari bilan ishlashda bir xil yondoshuvga tayanib qolmaslik kerak. Bunday
yondashuv o‘quvchini zeriktiradi, uning yangilikni o‘rganishga nisbattan bo‘lgan
ishtiyoqini so‘ndiradi.
|