• Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir.
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    6-YO‘NALISH 
     
    YOSHLAR MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KITOB VA 
    MUTOLAANING AHAMIYATI 
     
    BOSHLANG‘ISH SINFLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI 
    SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI 
    Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti 
    Pedagogika ta’limi fakulteti 
    Allayorova Nilufar Yaxshinorovna 
    Nematillayeva Jasmina Sarvar qizi 
     
    Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir.
     
    (Shavkat Mirziyoyev)
     
    Insonning ma’naviyati, uning mustaqil dunyoqarashi, mustahkam e’tiqodi, 
    ijtimoiy faolligi, jamiyat va tabiat oldidagi yuksak axloqiy mas’uliyatini chuqur 
    anglab yetganligi to‘g‘risida so‘z borganda barkamol shaxslar nazarda tutiladi. Bu 
    tushuncha uning shaxs sifatida o‘zligini anglash, o‘zi va insoniyat oldida fuqarolik 
    mas’uliyatini chuqur his etish fazilati bilan uzviy bog‘langandir. 
    Yoshlarni iymonli-e’tiqodli, milliy g‘oyaga sadoqat, bir-biriga mehr oqibatni
    o‘z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlariga hurmat ruhida 
    tarbiyalash bugungi kun talabidir. Shaxsni har tomonlama barkamol, aqlan yetuk 
    qilib tarbiya toptirishda kitobning o‘rni beqiyosdir. Kitob dilni poklovchi, ruhni 
    oziqlantiruvchi malhamdir. Kitobga mehrsiz odam tuzalmas bemorga o‘xshaydi. 
    Kitob shunchalik quvvatga egaki, bejizga donishmandlarimiz oftob misol 
    ko‘nglimizga iliqlik, ezgulik baxsh etishni, bilim berishni, ma’naviy boyitishni, ruhiy 
    quvvatlantirishni, yo‘limizni mash’aladek yoritishni kitobchalik boshqa hech narsa 
    bera olmasligini hayotiy hikmatlarda bot-bot takrorlab o‘tishmagan. Yurtimizning 
    barcha sohalarida, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida badiiy adabiyotga, kitob o‘qishga 
    bo‘lgan munosabatlarni yuksaltirish maqsadida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 
    2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini 
    rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 


    189 
    qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi
    6
    hamda 13-sentabrdagi 
    “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi 
    va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks 
    choratadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorlari
    7
    kitobxonlik madaniyatining jamiyat 
    ma’naviy hayotidagi o‘rnini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 
    “Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. 
    Uning kuchi bilimida bo‘ladi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor
    ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni 
    bilasiz”, 
    – 
    deydilar o‘z nutqlaridan birida Prezidentimiz. 
    Kitob haqida Muhammad 
    Jabalduriy quyidagi fikrlarni keltirgan: “Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va 
    yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atga tengi yo‘q, munofiqlikdan 
    holi hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq 
    bor-u, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. 
    Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. U 
    shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga 
    shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. 
    Aksincha, aksar odamlar, suhbatidan zarar yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilm-u 
    hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning 
    uchun ham kitob “Aql qal’asidir”
    8
    . Darhaqiqat, kitob mutolaasi insonni o‘zini 
    anglashga, borliqni tushunishga, umuman aytganda, sehli olamga olib kiradi. Inson 
    uchun kundalik ehtiyoj sanalgan suv qanchalik zarur ekan, kitob ham inson hayotida 
    xuddi shunchalik zaruratga aylansagina komillikka yetishishimiz shubhasiz. 2022- 
    yilda I.Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. M.Karimovalar tomonidan 
    tuzilgan “Ona tili va o ‘qish savodxonligi” darsligida
    9
    “Kitobdan yaxshisi yoʻq” 
    6
    Mirziyoyev Sh. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
    madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni. 2017-yil 12-yanvar. 
    lex.uz. 
    7
    Mirziyoyev Sh. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
    madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks choratadbirlar dasturi to‘g‘risida” Qarori. 2017-yil 13- 
    sentabr. Lex.uz. 
    8
    Mashriqzamin-kikmat bo’stoni. –T: Sharq, 1997, 39-bet. 
    9
    . Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., va boshqalar. Ona tili va o ‘qish savodxonligi/ Darslik (2-qism). T: 
    Respublika ta’lim markazi. 2022, 88-bet. 


    190 
    bo‘limi berilganki, bu bo‘limda o‘quvchi “Kitob kompyuterdan yaxshi” audiomatni, 
    kitobga doir maqol va topishmoqlar, she’r hamda “Kitobning mag‘zi” rivoyati bilan 
    tanishib boradi. O‘quvchining audiomatnni eshitishi orqali tinglab tushunish 
    ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, maqol, topishmoq va she’rlar oqali xotirasi 
    mustahkamlanadi hamda nutqi rivojlanadi. “Kitobning mag‘zi” rivoyati orqali 
    o‘tmish bilan tanishadi, kitob o‘qimaydigan, ilm olishni istamaydigan shoh haqida 
    ma’lumotga ega bo‘ladi. Ya’ni qadimda bir shoh kitobga qiziqmaganidan otasidan 
    qolgan buyuk kutubxonadagi kitoblar mag‘zini bir olimga jamlab kelishini buyuradi. 
    Olim bir necha yil shogirdlari bilan kitoblar mag‘zini 500 ta kitobga jamlaydi. Bu 
    vaqtda shoh ancha ulg‘ayib qolgan ekan, shuncha kitobni o‘qishga fursati 
    yetmasligini aytibdi va olimga kitoblar mag‘zini yanada ixchamlashtirishni aytibdi. 
    Olim kitoblarini olib kelganda shoh qarib qolgan ekan. Umrimda biror marta kitob 
    o‘qimagan bo‘lsam, qisqa fursatda 50 ta kitobni o‘qirmidim” deb olimga kitobni bitta 
    kitobga jamlashni buyuribdi. Olim yana bir necha yil ter to‘kib, shohning buyrug‘ini 
    bajaribdi. Lekin shoh shu paytda o‘lim to‘shagida yotgan ekan. Shoh olimdan 
    kitobning mazmunini qisqa qilib aytib berishini so‘rabdi. Olim esa: “Inson dunyoda 
    ilm olish uchun kelar ekan” deya qisqa javob beribdi. Qissadan hissa shuki, bugungi 
    kunda har bir bir inson ilm olishi, kitob o‘qishi lozimligi bayon qilingan. Shuningdek, 
    “Kitobxon bolalarga 9 tavsiya” deb nomlangan tavsiyalar boshlang‘ich sinf 
    o‘quvchilarini kitobxon o‘quvchi qilib tarbiyalashimizga zamin bo‘lib xizmat qiladi: 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish