191
toliqishi va ma’lumotni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Erta tongdagi mutolaa esa
juda foydali. Yaxshi dam olgan miyangiz axborotlarni oson qayta ishlaydi va uzoq
vaqt qoladi.
Kitobdan olgan eng yaxshi fikr va ma’lumotlaringizni yozib boring.
Ba’zilar
bunda kitobning o‘ziga chizish yoki bo‘yashdan foydalanadi. Unday qilmang –
sizdan keyin ham birov o‘qishi mumkin. Alohida daftar tutib, unda yozib borsangiz
foydaliroq. Mutolaadan so‘ng kitobdan olgan xulosangizni ham qayd eting.
Qo‘lingizga tushgan har qanday kitobni o‘qiyvermang.
Yaxshi kitobni tanlay
olishni ham o‘rganing. Avvalo ota-onangiz, ustozlaringizdan tavsiya oling.
Yoshingizga qaysi biri mos, foydali ekanini ular yaxshiroq bilishadi. Tavsiyalar
asosida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib oling. Reja asosida
mutolaa qiling.
“To‘g‘ri o‘qish” tez o‘qib tugatish degani emas.
Muhimi – tushunib o‘qish.
Yaxshi o‘quvchiligingiz sahifasi ko‘p o‘qishingiz bilan emas, qanchalik
tushunishingiz bilan o‘lchanadi.
Hadeb bir xil mavzudagi kitoblarni o‘qiyvermang.
Bir marta sarguzasht qissa
o‘qisangiz, keying safar tarixiy asar o‘qing. Ilmiy adabiyotlar, axloqiy kitoblar ham
foydali. Shunda dunyoqarashingiz kengayadi.