197
ba’zan jamiyatdagi munosabatlarimiz bizga bog‘liq bo‘lmagan holda shunday
shakllanib boradiki, natijada biron bir ta’sir ko‘rsatishga ojiz bo‘lib qolamiz.
Umumta’lim maktablari kasb-hunarga yo‘naltirish ishining maqsad va vazifasi
shu hudud ehtiyoji uchun zarur kasblarga kasb- hunar kollejlari va kasb- hunar
maktablarining mavjud soha yo‘nalishlariga, a’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga
olgan holda tavsiya berishdan iborat.
Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa kasb-hunarga yo‘naltirish tizimidagi
turli yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan ishlarning sifatiga bog‘liqdir.
Ushbu yo‘nalishlarda ta’lim tiziminining muhim tarbiyaviy va ta’limiy bo‘g‘ini
bo‘lmish maktab kutubxonalari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Kutubxonalarda kasblar to‘g‘risida axborot berish o‘quvchilarni turli xil mehnat
turlari,
kasblar shajarasi, kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq xo‘jaligi,
jumladan, ular yashayotgan hududning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar bilan
tanishtirishni o‘z ichiga oladi. Kasblar haqida tartibsiz ma’lumot bermaslik uchun
o‘quvchilar oladigan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish lozim. Kasblar haqida
axborot berish o‘quvchiiarning yosh va individual xususiyatlarini
hisobga olgan
holda olib borilishi zarur.
Kutubxonada
yuqorida
olib
borilayotgan
ishlar
kichik
yoshdanoq
o‘quvchilarning mehnat tarbiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘pchilikning ya’ni, ota-
ona, o‘qituvchi, kutubxonachining hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liq. Kutubxonachi
shoir va yozuvchilarning kasblar haqidagi asarlaridan foydalanadi. Bolalar ko‘pincha
ilk mehnat ko‘nikmaiarini oilada oladilar, lekin ba’zi oilaiarda mehnatga, ayniqsa
jismoniy mehnatga loqaydlik
bilan qaraydigan dangasa, ishyoqmas bolalar ham
uchraydi, ular shoir va yozuvchilar tomonidan qattiq tanqid ostiga olinadi. Bola
qiladigan mehnatining maqsadini, ahamiyatini yaxshi bilsa, tushunsa,
mehnatga
qiziqishi, intilishi kuchli bo‘ladi. Shundagina bola bu ishni bajonidil bajaradi.
Men faoliyat olib boradigan maktab kutubxonasida ham o‘quvchilarni kitobga
qiziqtirish uchun turli xil kechalar tashkil qilinad. "Men o‘qigan sevimli kitob",
"Kitob bilim bulog‘i", "Kasb tanlashda kitobning o‘rni", "Men sevgan qahramon"
198
hamda bayramlarga atab, "Til dil -ko‘zgusi", "Yangi yida yaxshi niyatlar", '"Men
hamharbiy bo‘laman", "Men tanlagan kasb", "Onalar uyimiz-chirog‘i", "Buyuk
Temur avlodlarimiz" kabi tadbirlar va yana 9-may xotira kuniga "Siz ulashgan yorug‘
kun" nomli mavzularda bayram tadbirlari tashkil etib kelinadi. Bu o‘tkazilgan
musobaqa va tadbirlarimiz albatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni kitobga bo‘lgan
mehrini yanada oshirisb boradi.
Yuqori sinflarga esa ularning kasb tanlashlari uchun turli xil kechalar tashkil
etish ham maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Shuningdek, yana turli kasb egalari bo‘lgan ota-onalar bilan uchrashuvlar
o‘tkazish o‘quvchilarning kasb tanlashlarini
ham osonlashtiradi, ham tezlashtiradi.
Chunki uchrashuvda ota-onalar bolalarga o‘zlarining kasblari haqida so‘zlab
beradilar. Uchrashuvga atab mehnat va kasblar to‘g‘risidagi adabiyotlar ro‘yxati osib
qo‘yishga harakat qilaman bu ro‘yxat orqali o‘quvchilar foydalanib kitob olib
o‘qishga harakat qilishadi.
Kutubxonachi maktab bilan uzviy aloqada ish olib borar ekan, maktabdagi turli
to‘garaklarning ishlari bilan tanishadi, o‘quvchilarni yana qanday maktabdan tashqari
muassasalarda faoliyat ko‘rsatishlarini aniqlaydi. Bunda unga o‘qituvchilar, to‘garak
rahbarlari, ota-onalar yordam beradi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib u o‘quvchilarga
o‘zlari sevgan kasblari bo‘yicha kitob, gazeta va jurnal maqolalaridan, internet
ma’lumotlaridan, rasmlardan tuzilgan alohida papkalar tashkil qiladi va ularni o‘qish
uchun tavsiya etadi. So‘ngra birgalikda “Men kim bo‘lishni xohlayman” nomli
munozarali suhbatlar ham tashkiletish mumkin.
Maktab kutubxonasining muhim vazifalaridan biri bu o‘quvchilarning fan
asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan ma’naviy
axloqiy fazilatlarni, mehnat qilish va ijodiy fikrlash
ko‘nikmalarini, atrof muhitga, jamiyat mulkiga ongli munosabatda bo‘lish
ko‘nikmasini va kasb tanlash, uning yaxshi yomon tomonlari,
shu kasbga intilish
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
199
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, maktab kutubxona xodimlari hozirgi
kun talab ehtiyojlarini e’tiborga olib, axborot makonidan eng kerakli ma’lumotlarni
saralash, berish, kutubxonachilik xizmatini integratsiyalashgan asosda tashkii etish,
o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan mehrini oshirishda kitob targ‘ibotining zamonaviy
shakllaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir deb o‘ylayman.