Qurilish konstruksiyalari va inshootlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar




Download 30.88 Kb.
bet3/8
Sana02.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#40706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza-24
Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
Qurilish konstruksiyalari va inshootlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar. Har qanday inshootlarga quyidagi talablar qo‘yiladi [12, 22, 34]:

  • barcha inshootlar, shuningdek ularning ayrim elementlari mustahkam va ustivor bo‘lishi lozim, ya’ni statik, dinamik yoki vibratsion hususiyatga ega yuklar ta’sir etganida inshootlarning yuk ko‘tarish qobioliyati ta’minlanishi kerak;

  • elementlarning ko‘chishlari, talablar tomonidan shartlashilgan, foydalanishdagi qulaylik va imkoniyatlar chegaralardan tashqariga chiqmasligi kerak;

  • tashqi ko‘rinishini yomonlashtiruvchi, me’yoriy ekspluatatsion imkoniyatlarini buzuvchi yoki inshootning umrboqiyligini kamaytiruvchi yoriqlar va shikastlanishlar paydo bo‘lmasligi kerak.

Shu vaqtning o‘zida qo‘llanilayotgan materiallar sinflari va markalari borasida ham, ayrim elementlar kesimlari borasida ham, shuningdek butkul inshoot konstruktiv tizimida ham ortiqcha zahiralarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
Qo‘llaniladigan hisobiy sxemalar konstruksiyalarning ideallashtirilgan o‘xshatmalari holos, va qandaydir darajada ularning haqiqiy ishiga mos kelmaydi, barcha hisoblar esa shartlilik elementlariga ega bo‘lib, bunday natijalarni to‘g‘ri baholay olmoq lozim. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, foydalanishdagi inshootlarning ahvolini va ishini baholashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  • statik hisobiy sxemalarning shartliligini va ular bo‘yicha hisoblab topilgan zo‘riqishlarning inshootlar konstruksiyalarida ularning haqiqiy taqsimlanishidan ehtimoliy og‘ishini;

  • materiallarning qo‘llanilayotgan hisobiy tavsiflarining shartliligini;

  • yuklarning hisobiy qiymatlaridan ehtimoliy og‘ishlarini;

  • tashqi muhitning amaldagi ta’sirini.

Ko‘pincha yuqorida qayd qilib o‘tilgan barcha omillar majmui ta’sirini nazariy yo‘l bilan baholashning iloji bo‘lmaydi. Bunday holatdan chiqishning bittagina yo‘li materiallar va konstruksiyalarni eksperimental tadqiqidir.
Hisobiy sxemalar va qurilish materiallari tavsiflarining shartliligi. Inshoot hisobiy sxemasini uning konstruktiv sxemasidan kelib chiqib, bunda hisobiy zo‘riqishlarning mavjud konstruksiyada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zo‘riqishlar bilan iloji boricha to‘laroq mos kelishini ta’minlashga intilib tayinlanadi.

Download 30.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 30.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish konstruksiyalari va inshootlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar

Download 30.88 Kb.