• Qurilish materiallari va birikmalarining sifati hamda ahvolini baholash
  • Inshootlar va ularning konstruksiyalari deformatsiyalarini aniqlash




    Download 30.88 Kb.
    bet6/8
    Sana02.02.2023
    Hajmi30.88 Kb.
    #40706
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ma\'ruza-24
    Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
    Inshootlar va ularning konstruksiyalari deformatsiyalarini aniqlash. Tekshiruvlar jarayonida aniqlangan deformatsiyalar (ko‘chishlar)ni konstruksiya hamda inshootlar butunlay ko‘chadigan va deformatsiyalanadigan umumiylariga, hamda ko‘chishlar, salqiliklar, buralishlar bitta konstruksiya chegarasida, birikuv tugunlarida va h.k. larda ro‘y beradigan mahalliylariga ajratish mumkin [12, 22, 34]. Umumiy deformatsiyalarni aniqlash uchun, keyingi bobda keltirilgan asboblar va moslamalardan foydalanish mumkin. Inshootlarning cho‘kishlari va ayrim qismlarining o‘zaro siljishlari haqidagi ma’lumotlar ularni geodezik xizmatlar tomonidan xatlanishidan avval olinishi kerak. Ushbu ma’lumotlar saylanma o‘lchashlar yordamida joyida tekshiriladi. Uqtirilgan hujjatlar mavjud emasligi yoki etishmasligida, hamda ko‘zdan kechirish davomida oshkor qilingan cho‘kishlar va siljishlar mavjudligida ularni aniqlashtirish uchun, geodezik s’emka o‘tkazish talab etiladi. Inshootlardagi tashqi ko‘rinishi bo‘yicha oson ajralib turadigan cho‘kishga oid yoriqlarning rivojlanishi notekis cho‘kishlar mavjudligi haqida fikr yuritish imkonini beradigan ishonchli alomatidir.
    Qurilish materiallari va birikmalarining sifati hamda ahvolini baholash. Material va birikmalar turi, hamda ularning ish sharoiti bilan tavsiflanadigan eng bosh ko‘rsatkichlar tekshirilishi joizdir. Bunda bajariladigan muolaja (operatsiya)lar quyidagi guruhlarga ajratiladi [12, 22, 34]:

    1. fizik-mexanik tavsiflarmustahkamlik, deformatsiyalanuvchanlik (jumladan, elastiklik modulining qiymatini), bir jinslilik, hajmiy zichliklarni aniqlash;

    2. materiallar va birikmalarning defektoskopiyasi – yaxlitlilikning buzilishi (yoriqlar, o‘piriqlar, qat-qat ajralish, bo‘shliqlar va h.k.), tarkibidagi begona kiritmalar, korroziya, chirishga mubtalo bo‘lish va h.k.;

    3. qalinlik o‘lchash ishlari – asosan o‘lchashga yaqinlashish bir tomonlamagina bo‘lgan konstruksiyalar uchun (qaerdaki odatdagi geometrik o‘lchashlarni teshiklar ochishsiz bajarib bo‘lmaydigan hollarda);

    4. ayrim hollarda bundan tashqari qo‘llanilgan materiallarning kimyoviy tarkibi va strukturasini tekshirishga to‘g‘ri keladi.

    Amalga oshirilgan o‘lchashlarning natijasida materialning markasi yoki sinfi aniqlanadi, ya’ni mazkur inshootdagi materialning amaliy fizik-mexanik tavsiflari baholanadi, hamda material va birikmalarning ahvoli, shuningdek ularning foydalanish talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Qabul qilishdagi dalolatnomalash jarayonida qo‘llanilgan materiallarning loyihaviy qiymatlarini hamda amaldagi tavsiflarini taqqqoslash eng asosiy vazifadir. Agarda o‘rni bo‘lsa, qayta dalolatnomalashlarda ushbu tavsiflarning foydalanish sharoitlarida o‘zgarishi oydinlashtiriladi.
    Zaruriy tadqiqotlar va o‘lchashlarni o‘tkazish usuliga ko‘ra qo‘llanilayotgan usullarni quyidagi asosiy guruhlarga kiritish mumkin:

    1. namunalar ajratib olish bilan bog‘liq bo‘lgan usullar, ushbu guruhga material yaxlitligining, hatto sezilmas o‘lchamga ega bo‘lgan namunani o‘yib olishda ham muqarrar bo‘lgan buzilishi xosdir;

    2. buzmaydigan usullar, qachonki barcha o‘lchashlar bevosita ob’ektning o‘zida uning elementlariga shikast etkazmay olib boriladi;

    3. oraliq guruhga, qandaydir namunalarni o‘yib olishni talab qilmaydigan, biroq, ob’ektda bajarilgan muolajalarning kattaroq yoki kichikroq darajadagi izlarni (masalan, sirtidagi pachoqlanish) qoldiruvchi usullar kiritiladi.


    Download 30.88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 30.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlar va ularning konstruksiyalari deformatsiyalarini aniqlash

    Download 30.88 Kb.