Asosiy geometrik o‘lchamlarni tekshirish




Download 30.88 Kb.
bet5/8
Sana02.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#40706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza-24
Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
Asosiy geometrik o‘lchamlarni tekshirish. Dalolatnomalashda konstruktiv sxemaning eng bosh o‘lchamlari: oraliqlar uzunligi, inshoot elementlarining balandligi, berilgan kattaliklariga rioya qilib elementlar va konstruksiyalarning hizmat qilish jarayonidagi kuchlanish-deformatsiya holatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa geometrik ko‘rsatkichlari tekshirilishi kerak. Ayrim hollarda (agarda bu foydalanish nuqtai nazaridan muhim bo‘lsa yoki ko‘zdan kechiruv jarayonida oshkor qilingan og‘ishlar majudligida) yuk ko‘taruvchi elementlarning hamda to‘siqlar va h.k. larning gorizontalligi, berilgan nishabliklarga rioya qilinishi hamda vertikalliligi tekshiriladi. Nisbatan unchalik yirik bo‘lmagan inshootlar uchun ushbu nazoratga doir o‘lchashlar unchalik murakkab bo‘lmay, po‘lat ruletkalar, shovunlar, nivelirlar va h.k. lar yordamida bajariladi. Yirik inshootlar hamda murakkab konfiguratsiyali ob’ektlarni dalolatnomalashda esa s’emka jarayonini tezlashtirish va uning aniqligini ta’minlash uchun mahsus asbob-anjomlar qo‘llaniladi. Masalan, vertikal yo‘nalish bo‘ylab tekshirishlar, nuqtalarni balandlik bo‘ylab 100m va undan ortiq masofaga ± 2mm dan ortmaydigan aniqlik bilan ko‘chirish imkonini beradigan vertikal vizirlash asbob-anjomlari bilan amalga oshiriladi. Tor va yaqinlashish qiyin bo‘lgan joylar uchun, o‘lchashlarning yuqori darajadagi aniqligini ta’minlaydigan gidrostatik nivelirlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir [12, 22, 34]. Katta oraliqlarni (100m va undan ortiq), masalan, bunyod qilib bo‘lingan ko‘prik tayanchlarining tayanish markazlari aro masofalarni tekshirish zarurati bo‘lganida, s’emka jarayonini tezlashtiradigan hamda o‘lchanayotgan uzunlikning taxminan 1/25000 aniqlikni ta’minlaydigan zamonaviy yoriqlik masofa o‘lchagichlar (svetodalnomerы) qo‘llaniladi. Dalolatlanayotgan ob’ekt tashqi tarhini va o‘lchamlarini tez va ishonchli qayd qilish uchun stereofotogrammetrik s’emkani qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
O‘lchashlarni, oldindan bajariluvchi izchil rostlash va bir qator tuzatishlarni talab qiladigan, uqtirib o‘tilgan ihtisoslashgan asbob-anjomlarni qo‘llab o‘tkazish, ihtisosligi bo‘yicha tegishli malakaga ega geodezik guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. O‘lchashlarni tezlashtirish va engillashtirish uchun, so‘nggi vaqtlarda bir qator moslamalar, masalan berilgan o‘lchamlardan og‘ishlarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi shablonlar taklif qilingan, shu o‘rinda nazoratni o‘tkazishda xatolarning ehtimolligi sezilarli darajada kamayadi.
O‘lchashlar uchun faqat bir tomonlama yaqinlashish imkoniga ega bo‘lgan, konstruksiyalarning qalinligini aniqlash masalasi murakkabroqdir. Eng qo‘pol (va, nisbatan yaqin-yaqingacha, yagona bo‘lgan) qalinliklarni o‘lchash usuli tekshirilayotgan konstruksiyalarning tegishli joylarini burg‘ilash (parmalash) yoki, yanada yomonrog‘i, teshiklar o‘yish edi. Ushbu usul ko‘p mehnat talab bo‘lib, ko‘pchilik hollarda, hatto teshiklarni keyinchalik suvab berkitib tashlanganida ham juda noqulaydir, chunki bunda materialning yaxlitligi buziladi hamda shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Zichliligi (germetikligi)ni ta’minlanishini talab qiluvchi (masalan, foydalanishdagi sardoba (rezervuar)larni) konstruksiyalarni dalolatnomalashda esa qandaydir teshiklarni hatto eng batartib burg‘ilab ochilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday qiyinchiliklarning barchasi zamonaviy buzmay nazorat qilish usullaridan foydalanilganida o‘z-o‘zidan bartaraf etiladi. Ushbu usullarni qo‘llash tegishli apparatura hamda u bilan ishlash uchun tayyorgalikka ega xodimlarning mavjudligini talab qiladi.

Download 30.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 30.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy geometrik o‘lchamlarni tekshirish

Download 30.88 Kb.