24-mavzu. Ko‘priklarning texnik diagnostikasi




Download 30.88 Kb.
bet2/8
Sana02.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#40706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza-24
Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
inshoot ahvolini tahlili va oshkor qilingan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Inshootning ko‘z qirida baholash tekshirilayotgan konstruksiya ahvoli to‘g‘risida dastlabki boshlang‘ich axborotni beradi, konstruksiyalarning emirilish darajasi to‘g‘risida mushohada qilish, keyingi sinovlarni, ayrim elementlar hamda konstruksiyani butkul buzilishga olib kelmaydigan usullarni qo‘llab muayyanlashtirish imkonini beradi. Bunday sinovlar konstruksiyalarni statik yuklashda ham, yuklarning dinamik ta’sir etishida ham o‘tkazilishi mumkin. Ushbu sinovlarning majmui inshootning geometrik ko‘rsatkichlarini (oraliq, qalinlik, balandliklar va h.k.) qiymatlarini, materiallarning mustahkamlik va strukturasiga oid tavsiflarini, betonning himoya qatlami qalinligini, armaturaning joylashgan o‘rnini, elementlarning salqiliklarini va deformatsiyalarini, konstruksiyalarning tebranish amplitudalari va davrlarini, ayrim nuqtalarining tezlanishlarini va h.k. aniqlashni o‘z ichiga kiritadi.
Nomaqbul sharoitlarda qolgan yoki shikastlanishga ega bo‘lgan va konstruksiyalar ishonchililigi, hamda insonlar havfsizligida shubha tug‘diradigan, eng mas’uliyatli konstruksiyalarda tekshiruv to‘la va saylanma bo‘lishi mumkin.
Tekshirish butun yoki muhim, odamlarga xavf soladigan, mustahkamligi shubha ostiga olinadigan yoki noqulay sharoitdagi shikastlangan konstruksiyalarda amalga oshirilishi lozim. Transport inshooti qurilish konstruksiyalarini tekshirish konstruksiya elementlarini loyihaga to‘g‘ri kelishi, haqiqatdagi ish tizimi, montaj qilish va tayyorlashdagi sifatni tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli, temirbeton ko‘prik konstruksiyalarini tayyorlaydigan zavodlar tegishli texnik talablarga javob berishi lozim. Uzunligi, qalinligi, eni, notekisligi, diagonallar uzunligining har xilligi, quyma detallarning siljishi va himoya qatlami qalinligi bo‘yicha loyihadagi o‘lchamlardan ruxsat etilgan miqdordan chetga chiqish o‘rnatiladi. Beton tayyorlashda foydalaniladigan materiallar standartlarda qo‘yilgan talablarni qoniqtirishi, sovuqqa moslangan markali va mustahkam sinfli betondan foydalanishni ta’minlashi lozim. Ish armaturasi beton himoya qatlamining qalinligi chizmadagi ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelishi kerak. Beton yuzasi tekis, har xil dog‘, chuqurcha va ochiq holdagi havo tirqishlaridan, po‘lat qurilish moslamalari va armaturalar yoriqlaridan holi bo‘lishi lozim.

Yig‘iladigan va foydalaniladigan konstruksiyalarni real sharoitda ishlash holatini o‘rganish, xuddi ularni tayyorlashdagi sun’iy inshoot nazorati usulida amalga oshiriladi. Lekin, ko‘pincha foydalanilayotgan konstruksiya loyiha va ish hujjatlarida mavjud bo‘lmagan holatlar uchrab turadi. Bu holda kerakli hujjatlarni tiklash maqsadida ularning real ish jarayonidagi tizimi hisobga olinadi. Bunga loyihadan chiqib ketgan tizim ish qobiliyatini aniqlash misol bo‘ladi. Foydalanish yoki montaj qilish jarayonida shikastlangan, inson xayotiga zomin bo‘lgan baxtsiz voqealar sababi taxlilini tadqiq qilish usullariga katta talab qo‘yiladi. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarida o‘tkazilgan tekshirishlar umumiylik kasb etadigan nosozliklarni aniqlashga, konstruktiv sxemasini, tayyorlash va montaj qilish texnologiyasini yaxshilashga, u yoki bu konstruksiyalar hisobini aniqlashtirishga imkon beradi.


Konstruksiyaning ba’zi elementlarini tayyorlash jarayoni, ularni tashish va montaj ishlari, belgilangan o‘lchovlardan tasodifiy chekinishlarga olib kelishi mumkin. Bu chekinishlar tegishli texnologik me’yorlar asosida tartibga solinadi. Tekshirishdan maqsad – muhandislik inshootlari, konstruksiyalar va materiallaridagi o‘zgarishni aniqlashdan iborat.
Tekshirishda inshootning barcha qismlari ko‘zdan kechiriladi. Lozim bo‘lgan hollarda ko‘rik turli apparat va o‘lchash asboblarida amalga oshiriladi. Tekshirish, odatda, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda texnik hujjatlar sinchiklab o‘rganiladi, umumiy ko‘rik o‘tkaziladi. Umumiy ko‘rik natijasi asosida yanada chuqurroq o‘rganiladigan detal va elementlar aniqlanadi. Ular o‘lchash asboblari va vositalari yordamida tekshiriladi. Bundan elementlar va detallar nosoz yoki shikastlangan qismlar ichidan tanlab olinadi. Lozimligiga qarab materiallar sifati, mustahkamlik va deformatsiya tavsifi o‘rganiladi. Inshootni turli qismlarining holatini aniqlash uchun gorizontal va vertikal tasvirlov bajariladi. Tekshirish oldin ishlab chiqilgan tarx asosida amalga oshiriladi. Uning natijalari eskiz (homaki chizma) va chizmalari bilan birga maxsus jurnallarga qayd qilinadi. Umimiylik kasb etadigan nosozliklar suratga olinadi.
Ko‘prik va quvurlarda olib borilgan tekshirish ma’lumotlari natijasida inshoot sifati va foydalanishga yaroqliligi, yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi, hamda ta’mirlash va boshqa qismlarini mustahkamligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Mos bo‘lgan qayta hisob ma’lumotlari asosida guvohnomalash natijasida inshootning umumiy holati aniqlanadi. Lozim bo‘lsa, statik va dinamik sinovlarni o‘tkazish masalalari hal qilinadi.

Taqdim etilgan inshootlarni tadqiq qilish usuli oldinga qo‘yilgan maqsadga, muddatga, ijro etish imkoniyati va byurtmachi ihtiyoriga qarab uzaytirilishi va qisqartirilishi mumkin, tadqiq o‘tkazish tarxi dasturini tayyorlashda inobatga olinadi. Qo‘shimcha ravishda o‘tkazish bosqichlari, muddati, mas’ul shaxslar va b. ko‘rsatiladi. Birinchi navbatda avariya holati vujudga kelishining oldini olish tadbirlari ko‘rilishi lozim. Mustahkamligi ishonchsiz bo‘lgan konstruksiyalar imkoniyatga qarab vaqtinchalik yuklardan holi qilinishi kerak. Ba’zi hollarda ular ostida himoya o‘rmonlari tashkil etiladi. Bu uchastkalar o‘rab olinadi, avariya holati va konstruksiya holatining yomonlashishini olib keluvchi ishlarni bajarmaslik to‘g‘risida odamlar xabardor qilinadi.


Tekshirish o‘tkazish dasturini tayyorlash bilan bir vaqtda uni bajarishda foydalaniladigan moslamalar, jihozlar, asboblar va ushbu ishlarni amalga oshiruvchi personal tayyorlanadi. Tekshirish dasturida har bir ishni amalga oshiruvchi shaxs va bajarish muddati ko‘rsatilishi lozim. Tekshirish dasturi ijrochi tomonidan topshiriqqa asosan rasmiylashtirilganda, u ob’ekt boshlig‘i bilan kelishiladi. Odatda, u tekshirishni o‘tkazish, hamda amaliy yordam berish va ob’ektning texnik holati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun, o‘zining maxsus vakilini ajratish mas’uliyatini oladi.
Tajriba o‘tkazish tekshirishning bir bo‘limi bo‘lib, uslubi, jihoz bilan ta’minlanishi, qayta ishlash usuliga ko‘ra tajriba mexanikasining mustaqil bir yo‘nalishidir. Bu yo‘nalishning maqsadi sinash asosida konstruksiya materiallari tarkibi, inshootning amaldagi ishi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Hech qanday, hatto aniq hisoblar ham tizimlarning amaldagi holati haqida ob’ektiv ma’lumot bera olmaydi. Qurilish mexanikasida egiluvchanlik va plastiklik nazariyasi, materiallar qarshiligi hisobi zamonaviy ilg‘or usullarda hisoblanadi; biroq, bu usullar tajriba asosida olingan ob’ektiv ma’lumot asosida qo‘lanishi lozim. Ammo ulardan biron birini tajribadan o‘tkazmasdan foydalanib bo‘lmaydi. Hayratlanarlisi shuki, zamonaviy EHM asosida olingan hisobiy sxemalar, ularni hisoblashda 10-8 va undan kam bo‘lgan xatolikka yo‘l qo‘yilgan natijalarni kuzatsak, amalda hisobga olinadigan yuk, mustahkamlik tavsifi va inshoot parametrlaridan chetga chiqish 10 – 20% atrofida bo‘lishini ko‘rish mumkin. Bu inshootning zamonaviy hisoblash usuli nazariyasi mavqeini kamaytirmaydi, balki bu hisoblash usuli ma’lumotlarni tajriba asosida olinadigan aniq ma’lumotlarga bog‘likliligini umumlashtirish lozimligini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Tajriba olib borish usullari va jihozlariga konstruksiya, inshootga ta’sir etadigan tashqi kuchlar sezilarli yuk bo‘ladi. Bunda vaqtinchalik yuk ostida sekin asta o‘zgaradigan statik yuklar va qisqa vaqt ichida o‘zgaradigan dinamik yuklar turlicha bo‘ladi [12, 24, 27, 36, 48].
Qurilish konstruksiyalari va inshootlarni tajriba usullari hamda jihozlari yordamida hal qilinadigan uchta asosiy vazifani shakllantirish mumkin.
Birinchi vazifaga konstruksiya materiallarining issiqlik, tarkibiy, mustahkamlik va deformativ tavsiflarini, shuningdek konstruksiyaning tashqi kuchlarga ko‘rsatadigan qarshiligi tavsifini aniqlash kiradi.
Ikkinchi vazifa hisoblash asosida olinadigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarni mos ravishda amaldagi yoki uning modelidagi yuz beradigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarini solishtirishdan iborat.
Uchinchi vazifa – oxirgi yillarda rivojlanish jarayoniga kirgan hisobiy modellarni identifikatsiya qilishdan, hamda tajriba tekshirishlari natijasiga asoslangan hisobiy sxemalarni sintez qilishdan iborat. Nazariy jihatdan bu vazifani hal etish kibernetika muammolari, jumladan «qora javon» muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq, klassik amaliy vazifalarni ko‘rib chiqishdan farqli o‘laroq, bunda arxitektura-rejalashtirish qarorlari asosida aniqlanadigan tarhdagi konstruksiyaning geometrik ma’lumotlari, asosiy konstruksiya turi va tavsifi to‘g‘risida, inshootlarda foydalaniladigan konstruksiya elementlarini tanlash kabi tizim ko‘rsatkichlarini ko‘zatish mumkin. Berilgan hisobiy modelda tajriba tahlili asosida olingan tashqi yuk va tizim reaksiyasi (burilish, deformatsiya, tezlik, tezlashish) ko‘rsatkichlari aniqlanadi va uning foydalanishga yaroqliligi, mustahkamligi, pishiqliligi, bardoshliligi va yorilishga qarshililigiga baho beriladi.

Download 30.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 30.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



24-mavzu. Ko‘priklarning texnik diagnostikasi

Download 30.88 Kb.