Odatdagi laboratoriya sinovlari uchun namunalarni ajratib olish




Download 30.88 Kb.
bet7/8
Sana02.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#40706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza-24
Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
Odatdagi laboratoriya sinovlari uchun namunalarni ajratib olish. Material namunalarini olish laboratoriya sinovlarini o‘tkazish uchun amalga oshiriladi. Har qanday namunani ajratib olish tadqiq qilinayotgan elementning kuchsizlanishi bilan bog‘liqdir. Biroq, vazmin beton bloklari uchun namunalarni sug‘urib olish amalda hech sezilarli emasdir, chunki hosil bo‘lgan bo‘shliqlar beton bilan ishonchli tarzda to‘ldirilishi mumkin. Metall konstruksiyalarda esa mas’uliyatli elementlardan hatto kichkina bo‘laklarni qirqib olish ham o‘ta ko‘ngilsizdir va undan keyingi kuchsizlangan kesimlarning to‘la ish qobiliyatini tiklash bo‘yicha izchil ishni talab qiladi [12, 22, 34].
Namunalarni ajratib olish va shikastlanishlarni berkitish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni e’tiborga olgan holda ajratib olinayotgan tatim (proba) larning sonini imkoni boricha cheklash, shuningdek ajratib olish uchun iloji boricha mas’uliyati pastroq bo‘lgan va hatto inshootning ikkinchi darajali elementlari hamda sohalarini tutishga intilish tendensiyasi tabiiydir. Biroq, bu bilan tadqiqot uchun material namunasini olishning asosiy maqsadi buziladi, chunonchi inshoot ish qobiliyatini baholash nuqtai nazaridan konstruksiyaning mas’uliyatli elementlaridagi material ahvoli eng ahamiyatlidir. Boshqa tarafdan, ikkinchi darajali elementlardan ajratib olingan namunalar butkul inshoot uchun xos bo‘lmasligi mumkin, chunki qurilish jarayonida mas’uliyati past bo‘lgan qismlar uchun, zaruriyatdan kelib chiqib “tasodifiy”, qo‘l ostida mavjud bo‘lgan, asosiy elementlar uchun qo‘llanila olinmagan materiallardan ham foydalaniladi.
Butun inshootning ishi to‘g‘risida qaysidir darajada tugal fikr olish uchun va materialning bir jinsliligi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun yakkash namunalar etarli bo‘lmay, o‘nlab, yirik inshootlar uchun esa – yuzlab nuqtalardan olingan ko‘p miqdordagi tatimlar talab qilinadi. SHu o‘rinda bunday miqdordagi namunalarni o‘yib olish, bajarilishi talab qilinayotgan, odatda juda qisqa bo‘lgan muddatlarda har doim ham ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan judayam mehnat talab vazifadir.

Download 30.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 30.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Odatdagi laboratoriya sinovlari uchun namunalarni ajratib olish

Download 30.88 Kb.