Haqiqiy yuklar va ta’sirlarni aniqlash




Download 30.88 Kb.
bet4/8
Sana02.02.2023
Hajmi30.88 Kb.
#40706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza-24
Nasibaxon k, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), Mehnat muhofazasi, article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
Haqiqiy yuklar va ta’sirlarni aniqlash. Inshootni rekonstruksiyasiga kirishgan sari, ayrim konstruksiyadan yoki butkul inshootdan yangi sharoitlarda kuchaytirishlarsiz havfsiz foydalanishni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishlatib, amalda ta’sir etuvchi hamda istiqbolli yuklar va ta’sirlarni izchil tarzda tahlil qilib chiqish zarurdir [12, 22, 34].
Huddi yangi ob’ektlarni loyihalashdagidek, rekonstruksiyani loyihalashda ham ta’sir etishining davomiyligiga qarab yuklarni doimiy va vaqtinchalariga ajratiladi. O‘z navbatida, yuklar so‘nggilari ham uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda mahsuslariga ajratiladi. Doimiylariga yuk ko‘taruvchi hamda muhofazalovchi konstruksiyalarning og‘irliklari, grunt bosimi va og‘irligi, kuchaytirishda oldindan zo‘riqtirish ta’siri va h.k. lar kiritiladi. Uzoq muddatli vaqtinchalari – statsionar texnologik dastgohlarning og‘irligi, saqlash uchun idishlar ichidagi suyuqliklar, gazlar, to‘kma materiallarning bosimi, uzoq muddatli harorat ta’siri, kran hamda qor yuklarining ma’lum qismlari va h.k. lardir. Qisqa muddatli vaqtincha yuklarga dastgohlarni ta’mirlash hamda ularga hizmat qilish zonalaridagi odamlar, detallar, materiallar va jihozlarning og‘irligi, transport, qor va shamol yuklarining ma’lum qismlari, shuningdek harorat-iqlimiy ta’sirlar kiradi. Mahsus yuklarga avariya vaziyatlarida paydo bo‘ladigan, hamda seysmik, portlash ta’sirlari, grunt strukturasining negizidan o‘zgarishi jarayonidagi zaminlarning notekis cho‘kishlari va h.k. yuklar kiritiladi.
Rekonstruksiyada me’yoriy yuklar o‘rtacha qiymatlaridan ortishining oldindan berilgan ehtimolligiga ko‘ra yoki texnologik dastgohlardan me’yoriy foydalanish tomonidan ko‘zda tutilgan eng katta qiymatariga ko‘ra tayinlanadi. Me’yoriy yuklar bo‘yicha konstruksiyalarning ikkinchi guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha hamda inshootlar zaminlarining hisob-kitoblari bajariladi. Haqiqiy yuklar va ularning uyg‘unliklarini topish tajribaviy yo‘l bilan yoki me’yorlarga amal qilgan holda topish mumkin. Yuklarning qiymatlari «Yuklar va ta’sirlar» QMQ 2.01.07-97 ga binoan, shuningdek muayyan ishlab chiqarishning hususiyatlarini e’tiborga oluvchi texnologik topshiriqlarni e’tiborga olib qabul qilinadi. Konstruksiyalarning mustahkamlik va ustivorlikka hisob-kitoblarida me’yoriy qiymatlarni odatda birdan katta bo‘lgan yuklar bo‘yicha γf koeffitsientga ko‘paytirib olinadi. 1- va 2- toifali yoriqbardoshlilikka ega bo‘lgan temirbeton konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishi hisoblari ham γf koeffitsientini e’tiborga olib bajariladi.
Konstruksiyalar real, shu jumladan eng nomaqbul yuk uyg‘unliklarini e’tiborga olib hisoblanishi kerak. O‘z ichiga doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklarni kiritadigan asosiy uyg‘unliklarni, shuningdek, o‘z ichiga doimiy, uzoq muddatli, ehtimoliy qisqa muddatli va mahsus yuklardan birini kiritadigan mahsus uyg‘unliklarni farqlashadi. Birinchi guruh asosiy uyg‘unliklarga hisoblarda doimiy, uzoq muddatli va bitta (odatda eng nomaqbulini) vaqtincha yuklarni, ikkinchi guruh asosiy uyg‘unliklarga hisoblarda doimiy, uzoq muddatli va 2-3 qisqa muddatli yuklar e’tiborga olinadi, chunonchi so‘nggilari, 0,9 ga teng bo‘lgan uyg‘unlik koefitsientiga ko‘paytiriladi [12, 22, 34].

Download 30.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 30.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Haqiqiy yuklar va ta’sirlarni aniqlash

Download 30.88 Kb.