24-MAVZU. OPERTSION BOSHQARISH TIZIMINI STRUKTURASI,
FUNKSIYASI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
REJA:
1. OPERTSION BOSHQARISH TIZIMINI STRUKTURASI,
FUNKSIYASI VA
UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
2. MOSLANUVCHAN RDB TIZIMINI TUZISHNING ASOSIY PRINSIPI.
3. RDB QURILMANI AXBOROTLI MODELI.
4. KUZATUVCHI SURISH YURITMANI BOSHQARUV BLOGINING
ISHLASH ALGORITMI.
5. TEXNOLOGIK JIHOZLARNI
KOMPLEKS AVTOMATLASHTIRISH
UCHUN RDB TIZIMLAR DNS VA SIS TIPIDAGI BOSHQARUV
QURILMALARI.
6.TEXNOLOGIK
JIHOZ
VA
JIHOZLAR
KOMPLEKSLARINI
MOSLANUVCHAN BOSHQARISH TIZIMLARINI
ISHLAB CHIQARISH VA
DASTURLARNI TAYYORLASH USULLARI.
24.1. OPERTSION BOSHQARISH TIZIMINI STRUKTURASI,
FUNKSIYASI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Davlat standartiga ko’ra (GOST 20523
–
80)
RDB tizimi dasturiy ta’minoti
deb RDB tizimi maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun kerak bo’lgan dasturlar
va xujjatlar to’plami tushuniladi. Dasturiy ta’minot hisoblash,
maxsus tashkil
etilgan holda ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish,
dasturlarni ishlab
tayѐrlashda foydalanuvchi bilan dialogni tashkil etish, mahalliy jihozlar ishini real
vaqtda boshqarish va diagnostika qilishni ko’zda tutadi. Dasturiy ta’minotni ishlab
tayѐrlash qimmat va ko’p mexnat talab qiladigan jaraѐndir. Dasturiy ta’minot
yuqori darajali puhtalik va halaqitlardan himoyalangan bo’lishi kerak. Ta’minot
ahamiyatli darajada RDB tizimining vazifaviy imkoniyatlarini belgilab beradi.
Dasturiy ta’minot blokli va modulli printsipi asosida qurilishi lozim,
har xil
stanoklar turlarida qo’llanilishi nuqtai nazardan modullardan maksimal darajada
mustaqillik va universallik talab etiladi.
Dasturiy ta’minot tizimiy, texnologik va funktsional ta’minotlarni o’z
ichiga
oladi.