|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 118/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 139
ta'limning 7-11 sinf o'quvchilarini PISA xalqaro baxolash dasturi talablari asosida
o'qitish xozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarining va pedagoglarning
oldidagi eng kata vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Yuqoridagilarni inobatga
olgan holda ushbu maqolada biz umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf
o'quvchilarini PISA testlariga tayyorlash va ba'zi testlarni yechish bo'yicha olib
borilgan izlanishlar natijasini muhokama qilamiz. Buning uchun eng avvalo PISA
testi nima ekanligi haqida tushunchaga ega bo'lib olsak. Ya'ni PISA nima degan
savolga bir muncha javob beraylik.
PISA xalqaro baxolash dasturi diqqatini o'n besh yoshli o'quvchilardan mantiqan
kutish mumkin bo'lgan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratadi. Uning maqsadi o'ta
ijodkor shaxslarni aniqlab olish emas, balki g'oyalarni ifoda etish va aniqlashda
o'quvchilar naqadar kreativ fikrlay olishini, bu ko'nikma, o'z navbatida, o'quv
jarayoniga, maktab faoliyatiga va ta'lim tizimining boshqa jihatlariga qanday
bog'liq ekanligini tahlil qilishdir. Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot
malakasiga juda yaqin, lekin ushbu 1359ata1359ng bir qator xususiyatlari uni
matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi.
Birinchidan, ushbu test avval o'rgatilgan bilimni qo'llashga emas, yangi g'oyalarni
yaratishga urg'u beradi.
Ikkinchidan, o'quvchining yondashuv va yechimlarining o'ziga xosligi baholanadi
(agar javoblar yaroqli deb topilsa).
Uchinchi farq yagona mukammal yechimi bo'lmagan ochiq savollardan
foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test o'quvchining ilmiy kontekstda kreativ
fikrlash jarayonlariga - ya'ni «to'g'ri» yoki «eng ma'qul» yechimni topish
qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e'tiborni
qaratadi.
PISA tadqiqotidan ko'zlangan asosiy maqsad, ta'lim siyosati va tizimiga yaqqol
natijalarga ega, o'quvchilarning kreativ fikrlash borasida xalqaro taqqoslash
mumkin bo'lgan ma'lumotni taqdim etishdir. Topshiriq ostidagi kreativ fikrlash
jarayoni ta'lim orqali takomillashtirishga moyil bo'lishi kerak. Kreativ fikrlashni
baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy
|
| |