|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 116/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 136
motivatsiya o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga,
bilimlarni puxta egallashga undaydi.
Bundan tashqari boshlang'ich sinflarda "Sinkveyn”, "Muzyorar", "Keys stady",
"Insert", "Venn diagrammasi" ,"BBB", "Reklama metodi " kabi metodlar ham
o'quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Metodlarning ahamiyati
shundaki, bu bir nechta bosqichni qamrab olganligi hamda oʻquvchilarda mustaqil
tadqiqotchilik qobilyatlarini takomillashtirishga qo'l keladi.
Yuqoridagi, o'zida innovatsion pedagogik ruhni singdirgan bunday dars usullari
o'quvchilarning nutqiy kompetensiyasini oshiribgina qolmasdan, ulardan mustaqil
tadqiqotchilik hamda intiluvchanlik xislatlarining chuqur tomir otishida yordam
berishiga ishonchimiz komil. Lekin, mazkur metodlarni qanday vaziyatda yoki
qaysi sharoitda qo'llash, ularni oʻquvchilarga qay tarzda tushuntirib yetkaza olishi
oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bog'liqligini unutmasligimiz zarur.
Maktablarda zamonaviy ta'lim asosida o'tiladigan bunday dars metodlari
o'quvchilarni har taraflama o'z qobilyatlarini namoyon qilishda, yangi davr
kishisini tarbiyalashda, kamolga keltirishda yordam berishi shubhasiz. Innovatsion
texnologiyalardan dars jarayonida o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va
o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni
o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish,
o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos
bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, dars vaqtida o’quvchilarning ta’lim faoliyati innovastion
metodlar yordamida amalga oshirilsa, uning axborotni qabul qilishi samarali, oson
kechadi va ta’lim samaradorligi yanada oshirishga yordam beradi.
Bolaning aqli endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda pedagogning
mahorati, uning o'qituvchilik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona talqin
|
| |