|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 121/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 142
rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim
kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni
hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.Kreativ fikrlash
testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har qanday sohadagi
ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga asoslangani
kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari
umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham
oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik
uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan
domenga ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman
jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat,
adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki
“muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan
reprezentatsiyalar turkumi” tushuniladi. Tadqiqotchilar tomonidan kreativ
yondashuvning quyidagi domenlari sanab o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid,
harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar. Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik”
va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi
mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish. Kreativlik sohalarini
oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi
doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi. Har qanday shaxsning
ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi: sohaga bogʻliq qobiliyatlar;
kreativlikka bogʻliq jarayonlar; vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);mos, qulay
sharoit.
Ijodiy
sermahsullik
bazaviy
resurs
yoxud
sohaga
bogʻliq
qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda
birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha
olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun,
ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat.
O‘quvchilarning
kreativ
fikrlash
koʻrsatkichlari
ularning
tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir.
|
| |