26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 152 
o‘rgatish — uning tarbiyaviy rolini oshirish, uni tarbiya quroliga aylan tirish 
demakdir. Tilning ijtimoiy vazifalari va tarbiyaviy ahamiyatini faqat 
o‘qituvchigina emas, balki o‘quvchi ham sezsin, his qilsin. Kishining o‘zi uchun 
gapirib, o‘zi uchun yozmasligini, aksincha, kishilar uchun gapirib, kishilar uchun 
yozishni o‘quvchilar ijtimoiy zaruriyat deb anglamoqlari shart. 
Til — jamiyatni boshqarish va rivojlantirish quroli. Tilni atroflicha bilish tufayli 
o‘quvchilar jamiyat a ’zolarining ishlab chiqarish qurollarini boshqarishga oid 
tajribalarini, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usullarini atroflicha bilib oladilar. 
Til insonning faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Tilni o‘rganish vositasida 
o‘quvchilar oddiy va ma’naviy hayotning faol ishtirokchilari bo‘lib yetishadilar. 
Til — jamiyat a’zolarini tarbiyalash vositasi. Uning qonuniyatlari va grammatik 
qurilishini anglash bolalarda nutq qobiliyati va nutq madaniyatini shakllantirishda, 
estetik did va fahm-farosatni takomillashtirishga xizmat qiladi. Til va tafakkur. Til 
va tafakkurning o‘zaro munosabati masalasi fanda uzoq tarixga ega. 
Qadim zamonlardan toki hozirgi kunlarga qadar olimlar shu savollar ustida bosh 
qotiradilar. Antik faylasuflar o‘zlarining logos-koinot to‘g‘risidagi ta’limotlarida 
«so‘z va fikr borliqni birgalikda ifodalaydi» degan xulosani chiqarishgan edi. 
Yunon faylasufi Aristotel «til va tafakkur o‘zaro aloqador ikki narsa» deb talqin 
qiladi. So‘z narsalarni tasavvur etish ramzi, yozuvni so‘zlarning ramzi shaklida 
qayd etadi. Ammo u tafakkur qonda paydo bo‘ladi deb, tafakkum ing fiziologik 
zaminini noto‘g‘ri tushuntiradi. Gippokrat tafakkurni bosh miya bilan bog’laydi, 
o‘zaro so‘zlashuv jarayonida nafas olishni e’tiborga olib, «fikr kishi ongiga havo 
orqali kiradi», deb yozadi. Rus olimi A.A.Potebnya so‘z va tafakkuming o‘zaro 
munosabatini tahlil qilib, shunday xulosa chiqaradi: til tayyor fikrlarni ifodalash 
vositasigina emas, balki u fikrni tug‘diruvchi hamdir. A.A.Potebnya fikrlash 
jarayonida so'zning rolini juda to ‘g‘ri ko‘rsatadi. Inson so‘z vositasida fikrlaydi. 
Fikr so‘z vositasida olg‘a siljiydi. Til tafakkur bilan bevosita bog’langan. Tilni 
tafakkursiz, tafakkurni tilsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Binobarin, ona tili 
mashg'ulotlarida o'quvchilaming nutqini o‘stirish uchun. qilingan har bir ish 
bolalarning tafakkurini o‘stirish omili ham sanaladi. Shu tufayli, ona tili ta’limida 



Download 2,85 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish