|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 130/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 153
o‘quvchilarning nutqini o‘stirish ona tili didaktikasining dolzarb muammosi
hisoblanadi. Ong borliqning inson miyasidagi in’ikosidir. Ko‘rish, eshitish, sezish,
ta’m bilish organlari vositasida tashqi olamdagi narsalar kishi ongida aks etadi.
Inson tafakkur vositasida tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalarning o‘xshash va
farqli tomonlarini ajratadi, ularni taqqoslaydi, tahlil va sintez qiladi. Bular til
vositasida moddiylashadi, kishilar uchun tushunarli bo‘ladi.
Ona tili didaktikasining asosiy vazifalaridan biri, tilshunoslik fani erishgan
yutuqlarga tayanib, til va nutqning dialektik bog‘liqligi hamda ularning farqlarini
ajratishga yo‘nalgan o‘qitish tizimini asoslashdan iborat. Tilni o‘quv predmeti
sifatida o'qitishning hozirgi-amaldagi tajribasida tildan, til haqidagi tasavvurlardan,
ta’rif va qoidalardan nutq amaliyotiga qarab borish yetakchi g‘oya sanaladi. Til
hodisalariga sistem -struktur yondashish metodologiyasiga asoslangan o‘qitish
tizimida nutqdan tilga qarab borishga moyillikning ustuvorligi tan olinadi. Bunda
til va nutqning o‘zaro dialektik aloqasiga, ulaming farqlariga rioya qilinadi.
Nutq tilning turli (yozma, og‘zaki, imo-ishora, yorug‘lik, elektromagnit to’lqinlari,
turli shartli belgilar-yozuv, kelishib ohngan belgilar-rasm, formula va shu xildagi)
shakllarda ro‘yobga chiqish, fikrni paydo qilish, shakllantirish, ifodalash
jarayonlaridir. Til va nutqning o‘zaro aloqadorligi va farqlariga asoslangan
didaktik tizim quyidagi qoidalar asosida ish ko‘radi.
1. Bolalarni nutq hodisalarini kuzatish va ulardan xulosalar chiqara olishga
o‘rgatish.
2. Nutqdan tilga, til dalillaridan qoidalarga qarab borish tamoyili asosida ona tili
mashg‘ulotlarini tashkil etish.
3. Berilgan tayyor va tuzilgan matnlar ustida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish.
4. Ona tilini o‘qitishda qoidabozlikni kamaytirish, nutq amaliyoti ustuvorligini
ta’minlash.
Ona tili predmetining vazifalari. O‘quv predmeti sifatida ona tilining oldiga
quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
|
| |