www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 156
“Ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo’llashning o’ziga xos jihatlari”
Namangan viloyati Yangi Namangan tumani
Xalq ta`limi bo`limiga qarashli
59-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Qayumova Yodgora Abduraximovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili va
adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo'llash,interaktiv metodlardan
foydalanish,o'quvchilar ijodiy fikrlashga,tashabbuskorlikka,o'zaro hamkorlikda ish
yuritishga, fikrlarni ravon bayon etishga chorlashi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: ona tili, adabiyot, dars, innovatsion texnologiya, metod, o'yin
masofaviy ta'lim.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining
munosib o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan
mamlakatlari bilan siyosiy,
ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga
olib keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta
o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki,
fan va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim
tizimini yanada
rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda
zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz
tomonidan berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda.
Innovatsion va pedagogik
texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub
burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va
metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi,
boshqariluvchi -
o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham
o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi. Hozirgi kunda
ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion
texnologiya va metodlar
o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z
shaxsiy
va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir